Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NASA zondi noodatiy shaklga ega asteroid suratlarini uzatdi
L’LORRI kamerasi yordamida olingan suratlar asteroidning uzunligi 8 kilometrga, maksimal eni esa 3,5 kilometrga yetishini ko‘rsatgan.
Foto: Reuters
NASA’ning «Lyusi» sayyoralararo stansiyasi Donald Johanson asteroididan qariyb 960 kilometr uzoqlikdan uchib o‘tdi va Yerga uning suratlarini uzatdi. Bu haqda kosmik agentlik matbuot xizmati xabar berdi.
Asteroid o‘ziga xos shakli bilan ajralib turadi — u ingichka kashak bilan bog‘langan ikkita obektga o‘xshaydi. Missiya rahbari Xel Levisonning so‘zlariga ko‘ra, osmon jismining tuzilishi Quyosh tizimidagi sayyoralarning shakllanish jarayonini yaxshiroq tushunish imkonini beradi.
L’LORRI kamerasi yordamida olingan suratlar asteroidning uzunligi 8 kilometrga, maksimal eni esa 3,5 kilometrga yetishini ko‘rsatgan. Obektning bir qismi ikkinchisidan kichikroq, ammo ularning kesmalari o‘xshash. Yuza yorqin kulrang regolit va kraterlar bilan qoplangan.
Qayd etilishicha, mazkur asteroid taxminan 150 million yil oldin shakllangan. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, u ikki jismning o‘zaro to‘qnashuvi natijasida paydo bo‘lgan odatdagi ikkitalik obektlarga o‘xshamaydi. Donald Johanson’ning geologik tuzilishi ham kutilganidan murakkabroq bo‘lib chiqqan.
Avvalroq NASA’ning «Jyeyms Uebb» teleskopi 2032 yilda Oy bilan to‘qnashishi mumkin bo‘lgan 2024 YR4 asteroidini suratga olgandi.
Mavzuga oid
08:05 / 05.05.2026
12 mingta surat: NASA Artemis-II missiyasining to‘liq fotoarxivini e’lon qildi
16:13 / 18.04.2026
“Qo‘rquv bo‘lishi tabiiy, ammo bu sizni to‘xtatmasin”, - 17 yoshida NASA va SpaceX bilan kosmik loyihani amalga oshirgan Akbar hikoyasi
20:59 / 16.04.2026
Oq uy «olimlarning sirli o‘limi va g‘oyib bo‘lishi» haqidagi ma’lumotlarni tekshiradi
17:28 / 08.04.2026