Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ijod maktablarida «Texnologiya» fani doirasida robototexnika asoslari o‘rgatiladi
«Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.

Foto: Getty Images
Qarorga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yilidan Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablarida:
- ijtimoiy va ijodiy faol, keng jamoatchilik o‘rtasida obro‘-e’tibor qozongan adiblar va jamoat arboblari ishtirokida mahorat darslari o‘tkaziladi;
- “Yosh tarjimonlar” klubi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;
- “Matnshunoslik” darsi tashkil etiladi;
- har yili 2 marotaba o‘quvchilarning “Ijod bog‘idan guldasta” nomli to‘plamlarini nashr etish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;
- “Tasviriy san’at va chizmachilik” fani negizida “San’at” (ART) fani kiritiladi;
- 7–9-sinflarning “Texnologiya” fani doirasida robototexnika asoslari o‘rgatiladi.
2024/2025 o‘quv yilidan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida badiiy adabiyot va san’at sohasida iqtidorli yoshlarni saralashga qaratilgan ko‘rik-tanlov o‘tkaziladi.
Har yili:
- “Mening birinchi kitobim” loyihasi doirasida har bir ijod maktabidan kamida ikki nafar o‘quvchining ijodiy ishlar to‘plami nashr etiladi;
- an’anaviy “Zomin seminari”da har bir ijod maktabidan kamida 5 nafardan ijodkor o‘quvchilarning ishtiroki ta’minlanadi.
Har bir ijod maktabi “Turkiy adabiyot durdonalari” nomli 100 jilddan iborat kitoblar majmuasi bilan ta’minlanadi.
Ijod maktablari oliy ta’lim muassasalari va O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi elchixonalariga biriktiriladi.
Tavsiya etamiz
Alyaskadagi muzokaralar: Putin nima talab qiladi va Trampga nima kerak?
Jahon | 12:26 / 12.08.2025
Yil uchrashuvi: Alyaskada nima bo‘ladi?
Jahon | 20:43 / 11.08.2025
Ozarboyjon Ukrainaga 2 mln dollarlik yordam ajratdi
Jahon | 19:53 / 11.08.2025
«Paxtakor-79». To‘lagan Isoqov va Dmitriy Anning xotiralari
Sport | 15:53 / 11.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Telegraph: Tramp Rossiyaga Alyaskada minerallar qazib olishni taklif qilmoqchi
Jahon | 01:13
-
Ukraina Pokrovsk atrofidagi hududlardan aholini evakuatsiya qilishni boshladi – OAV
Jahon | 00:41
-
Jennifer Lopesning Qozog‘istondagi konsertlari mamlakatga 12 ming sayyohni olib kelgani aytildi
Jahon | 00:28
-
Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi
Ta’lim | 00:13
Mavzuga oid

23:47 / 08.08.2025
Xitoyda odamsimon robotlarning dunyodagi birinchi do‘koni ochildi

18:18 / 18.07.2025
O‘quvchilar fiziologiya holati asosida sport turlariga yo‘naltiriladi

17:30 / 29.03.2025
Maktablarda smartfonlarni taqiqlashning o‘zi yetarli emas – tadqiqot

21:05 / 19.03.2025