Isroilga hujumlar tufayli bir qancha davlat tashqi ishlar vazirligi Eron elchilarini chaqirdi
Eron elchilariga mintaqada vaziyatning keskinlashuviga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi ma’lum qilingan.
Germaniya, Belgiya va boshqa mamlakatlar tashqi ishlar vazirliklari Eron elchilarini chaqirib, Tehronning Isroilga bergan zarbalarini qoralashini ma’lum qilishdi.
«Ushbu hujum misli ko‘rilmagan eskalatsiyaning davomidir (...) Biz uni keskin qoralaymiz», dedi Belgiya Tashqi ishlar vaziri Haja Labib.
Uning iltimosiga ko‘ra, Eronning Belgiyadagi elchisi chaqirilib, unga har qanday holatda ham mintaqadagi keskinlashuvning oldini olish kerakligi aytilgan.
Eron elchisi chaqirilganini Chexiya tashqi ishlar vaziri Yan Lipavskiy ham e’lon qildi. «Bugun men Eron elchisiga qo‘ng‘iroq qilishga qaror qildim. Chexiya diplomatiyasi Isroilga hujum qilish orqali barcha chegaralarni kesib o‘tganini Eronga ma’lum qildi», deb yozdi Lipavskiy.
O‘z navbatida, G‘arb matbuoti Germaniya tashqi ishlar vazirligi Eron elchisini Isroilga berilgan zarbalardan noroziligini bildirish uchun chaqirganini xabar qildi.
14 aprel kuni Eron elchilari Britaniya, Niderlandiya va Iordaniya tomonidan ham chaqirilgan. Britaniya departamenti Eronni nafaqat hujum uchun, balki Iordaniya va Iroq havo hududini buzganlikda ham qoralaganini ma’lum qilgan.
Bundan tashqari, Fransiya tashqi ishlar vaziri Stefan Sejurne 14 aprel kuni Tashqi ishlar vazirligidan Eron elchisini chaqirishni so‘ragan.
Shu bilan birga, 14 aprel kuni Eron Tashqi ishlar vazirligiga Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya elchilari chaqirilgan. Ularga Eronning Isroilga javob zarbalari berish masalasi bo‘yicha o‘z davlatlarining «pozitsiyasi mas’uliyatsiz» ekani ma’lum qilingan.
14 aprelga o‘tar kechasi Eron Isroilga qarshi ko‘plab raketa va dronlar bilan zarba berdi. Isroil Mudofaa kuchlari xabariga ko‘ra, Eron tomonidan Isroilga bir kechada uchirilgan 300 ga yaqin havo nishonlarining qariyb 99 foizi Isroil havo mudofaasi tomonidan urib tushirilgan.
Mavzuga oid
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
19:45 / 22.11.2024
Norvegiyada AQSh elchixonasi qo‘riqchisi josuslikda gumonlanib qo‘lga olindi
14:54 / 22.11.2024
Bayden XJSning Netanyahuni hibsga olishga order berishiga munosabat bildirdi
08:39 / 22.11.2024