20:48 / 15.04.2024
13647

Tyananmen maydoni voqealariga 35 yil bo‘ldi. Fotosuratlar

Pekindagi maydonda namoyishlar 1989 yil 15 aprelidan 4 iyunga qadar davom etgan, keyin shafqatsizlik bilan bostirilgan.

1989 yil 15 aprel kuni bir milliondan ortiq talabalar va ishchilar Pekindagi Tyananmen maydoniga chiqishadi, bu yerda kommunistik Xitoy tarixidagi eng yirik siyosiy norozilik aksiyasi boshlanadi. Namoyishlar bir yarim oy davom etadi va 3 iyun kuni qonga botiriladi. Foto: AFP

1989 yil aprelida demokratik boshqaruv tarafdorlari bo‘lgan milliondan ortiq kishi Tyananmen maydonini egallagan va kommunistik Xitoy tarixidagi eng yirik namoyishlarni boshlagandi. Bu bir yarim oy davom etadi.

3 iyun kuni kechqurun maydonga tanklar kirib keladi, harbiylar qurolsiz namoyishchilarni o‘qqa tutadi. Maydonda va uning atrofidagi hududlarda ko‘plab odamlar halok bo‘ladi yoki yaralanadi.

Keyinroq mamlakat hukumati maydonda biror kishi halok bo‘lmaganini ma’lum qiladi. Amalda esa, turli baholarga ko‘ra, bir necha yuzdan bir necha minggacha kishi halok bo‘lgandi.

Namoyishlar boshlanganida maydonda palatalar shaharchasi paydo bo‘lgandi. Foto: Getty Images
Tyananmendagi namoyish ishtirokchilari to‘xtovsiz oshib boradi, namoyishlar boshqa shaharlarga, shuningdek mamlakatdagi universitetlarga ham tarqaladi. Foto: AFP
Tyananmen maydoniga yig‘ilgan talabalar, ishchilar va davlat idoralari xizmatchilari erkinlik va demokratiya hamda diktaturani yo‘qotish bo‘yicha talablarni bildirishadi; yana bir toifa esa inflatsiya va yashash sharoitlari og‘irligidan shikoyat qiladi.
Foto: Getty Images
O‘shanda o‘n minglab talabalar shahar rasmiylarining taqiqiga qaramasdan Pekin maydonidagi Katta xalq saroyi oldida to‘planadi. Ular hukumat vakillariga o‘z talablari izhor etilgan petitsiyani topshirib, bosh vazir Li Pen bilan uchrashish istagini bildirishadi. Foto: AFP
Xitoy kompartiyasi bosh kotibi Chjao Tszyan odamlarni so‘nggi bor murosaga chaqirish uchun maydonga tashrif buyuradi. Unga namoyishlar borasida qat’iy pozitsiya tanlagan bosh vazir Li Pen hamda Ven Tszyabao hamrohlik qiladi (u keyinchalik 2002 yilda bosh vazir bo‘lgan). Chjao Tszyan talabalarga qarata shunday degandi: «Biz juda kechikdik». Bu uning so‘nggi bayonotlaridan biri bo‘lgandi. Namoyishlar bostirilgach u barcha lavozimlaridan mahrum bo‘ladi, partiya markaziy qo‘mitasi uni namoyishchilarni qo‘llashda va partiyadagi bo‘linishda aybdor deb topadi. U keyinroq uy qamog‘iga hukm qilinadi. Foto: AFP
20 may kuni Li Pen Pekinning ayrim tumanlarida komendantlik soati joriy etadi. Shahar markaziga qo‘shinlar olib kelinadi. Foto: AFP
Askarlarga shahar aholisini o‘qqa tutmaslik bo‘yicha buyruq beriladi. Ko‘plab ko‘chalarda barrikadalar o‘rnatilgandi. Foto: AFP
Keyingi haftalarda Tyananmen maydonida namoyishlar davom etadi, hukumat vakillari esa ular bilan uchrashishga kelmaydi. Foto: Getty Images
Xitoy xalq ozodlik armiyasi askarlari Pekin markazini o‘rab olishadi. Shahar aholisi ko‘chalarni to‘ldirib, barrikadalar o‘rnatib, ularning harakatiga to‘sqinlik qilishga urinadi. Foto: Getty Images
4 iyunga kelib armiya Pekinni to‘liq nazorat qilayotgandi, ammo Tyananmen maydonidagi talabalar tarqalmaydi. Ushbu suratda tank kolonnasi qarshisiga chiqqan insonning taqdiri noma’lum. Foto: AP
Iyun oyi boshida ham maydon odamlar bilan liq to‘la edi. 4 iyun kuni namoyishlar qonga botiriladi. Foto: AFP
Top