16:51 / 16.04.2024
108389

1 maydan elektr energiyasi va tabiiy gaz tariflari o‘zgaradi, ijtimoiy normalar kiritiladi

O‘zbekistonda elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz narxlarini liberallashtirgan holda, ularning iste’moliga ijtimoiy normalar joriy etiladi. 16 aprel kuni Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilindi. Bu haqda energetika vaziri o‘rinbosari Umid Madaminov AOKAdagi brifingda ma’lum qildi.

Energoresurslar tariflari qariyb 5 yildan buyon – 2019 yil avgustidan beri o‘zgarmay kelayotgan edi. O‘tgan vaqt davomida yangi tariflarni joriy etish turli sabablar bilan ortga surib kelinayotgandi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi departament direktori Xurshid Mustafoyevning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda elektr energiyasining tannarxi qariyb 1000 so‘mni, tabiiy gaz tannarxi esa 2000 so‘mni tashkil etmoqda.

Qaror bilan, 1 maydan boshlab maishiy iste’molchilar (aholi xonadonlari) uchun quyidagicha ijtimoiy (bazaviy) me’yorlar kiritiladi:

  • elektr energiyasi – oyiga 200 kWh'gacha;
  • tabiiy gaz (mart–oktyabr oylarida) – oyiga 100 kubometrgacha;
  • tabiiy gaz (noyabr–fevral oylarida) – oyiga 500 kubometrgacha.

Geografik va iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida isitish mavsumi respublikaning boshqa hududlaridan farqli ravishda oktyabr–fevral oylari deb belgilandi.

Ijtimoiy me’yor doirasida aholiga elektr energiyasi va tabiiy gaz imtiyozli narxlarda yetkazib beriladi.

2024 yil 1 maydan kuchga kiradigan tariflar:

Elektr energiyasi

Maishiy iste’molchilar uchun tariflar (1 kWh uchun, oyiga):

— 200 kWh'gacha – 450 so‘m (hozirda 295 so‘m);
— 201 kWh'dan 1000 kWh'gacha – 900 so‘m;
— 1001 kWh'dan 5000 kWh'gacha – 1350 so‘m;
— 5001 kWh'dan 10 000 kWh'gacha – 1575 so‘m;
— 10 001 kWh'dan keyin – 1800 so‘m.

Ovqat tayyorlash uchun markazlashgan holda elektr plitalari bilan jihozlangan ko‘p qavatli uy-joylar va yotoqxonalarda yashovchi maishiy iste’molchilar belgilangan tariflarning 50 foizi miqdorida to‘lashda davom etadi.

Iste’molchilarning I va II guruhlari (1000 so‘m) hamda yuridik shaxslar uchun (900 so‘m) 2023 yil 1 oktyabrdan kuchga kirgan tariflar 2024 yil 1 maydan keyin o‘zgarishsiz qoladi.

Tabiiy gaz

Isitish mavsumida – noyabr-fevral oylarida aholi xonadonlari uchun tabiiy gaz tariflari (1 kubometr uchun, oyiga):

— 500 kubometrgacha – 650 so‘m (hozirda 380 so‘m);
— 501 kubometrdan 2500 kubometrgacha – 1500 so‘m;
— 2501 kubometrdan 5000 kubometrgacha – 1950 so‘m;
— 5001 kubometrdan 10 000 kubometrgacha – 2275 so‘m;
— 10 001 kubometrdan keyin – 2600 so‘m.

Mart–oktyabr oylarida:

— 100 kubometrgacha – 650 so‘m;
— 101 kubometrdan 2500 kubometrgacha – 1500 so‘m;
— 2501 kubometrdan 5000 kubometrgacha – 1950 so‘m;
— 5001 kubometrdan 10 000 kubometrgacha – 2275 so‘m;
— 10 001 kubometrdan keyin – 2600 so‘m.

Suyultirilgan gaz tarifi 1 kg uchun 1600 so‘m bo‘ladi (hozirda 1120 so‘m).

2024 yil 1 iyundan boshlab avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalariga tabiiy gaz 1800 so‘mdan yetkazib beriladi.

2025 yil 1 apreldan kuchga kiradigan tariflar:

Hujjat bilan energoresurslarning 2025 yil 1 apreldan boshlab kuchga kiradigan tariflari ham tasdiqlandi.

Elektr energiyasi

Maishiy iste’molchilar uchun tariflar (1 kWh uchun, oyiga):

— 200 kWh'gacha – 600 so‘m;
— 201 kWh'dan 1000 kWh'gacha – 1000 so‘m;
— 1001 kWh'dan 5000 kWh'gacha – 1500 so‘m;
— 5001 kWh'dan 10 000 kWh'gacha – 1750 so‘m;
— 10 001 kWh'dan keyin – 2000 so‘m.

Ovqat tayyorlash uchun markazlashgan holda elektr plitalari bilan jihozlangan ko‘p qavatli uy-joylar va yotoqxonalarda yashovchi maishiy iste’molchilar belgilangan tariflarning 50 foizi miqdorida to‘lashda davom etadi.

Iste’molchilarning I va II guruhlari uchun tarif (1000 so‘m) 2025 yil 1 apreldan o‘zgarishsiz qoladi. Bu sanadan boshlab yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan tarif ham 1000 so‘m deb belgilanadi.

Tabiiy gaz

Isitish mavsumida – noyabr-fevral oylarida aholi xonadonlari uchun tabiiy gaz tariflari (1 kubometr uchun, oyiga):

— 500 kubometrgacha – 1000 so‘m;
— 501 kubometrdan 2500 kubometrgacha – 1800 so‘m;
— 2501 kubometrdan 5000 kubometrgacha – 2100 so‘m;
— 5001 kubometrdan 10 000 kubometrgacha – 2500 so‘m;
— 10 001 kubometrdan keyin – 3000 so‘m.

Mart–oktyabr oylarida:

— 100 kubometrgacha – 1000 so‘m;
— 101 kubometrdan 2500 kubometrgacha – 1800 so‘m;
— 2501 kubometrdan 5000 kubometrgacha – 2100 so‘m;
— 5001 kubometrdan 10 000 kubometrgacha – 2500 so‘m;
— 10 001 kubometrdan keyin – 3000 so‘m.

Suyultirilgan gaz tarifi 1 kg uchun 2000 so‘m bo‘ladi.

2025 yil 1 apreldan boshlab avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalariga tabiiy gaz 2500 so‘mdan yetkazib beriladi.

Top