Vazirlar Mahkamasi huzuridagi idoralararo tarif komissiyasining 2024 yil 15 maydagi 20-sonli yiğiliş bayoniga asosan, issiqlik elektr stansiyalarida 1 kWh elektr energiyasini işlab çiqariş tariflari belgilangan. Bu haqda iqtisodçi Otabek Bakirov özining Telegram-kanalida yozdi.

Qayd etilişiça, tariflar quyidagiça:

  • Talimarjon IES uçun 577 söm;
  • Navoiy IES uçun 630 söm;
  • Yangi Angren IES uçun 645 söm;
  • “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tarkibidagi Sirdaryo va Töraqörğon IESlari, Muborak, Toşkent, Farğona IEMlar uçun 721 söm;
  • Taxiatoş IES uçun 726 söm;
  • Angren IES uçun 871 söm;
  • Toşkent IES uçun 998 söm.

“Uşbu tariflar issiqlik elektr stansiyalarining foyda normasi bilan işlaşini hisobga olib örnatilgan va elektr energiyasini yagona xarid qiluvçisi “Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga sotiş uçun belgilangan (1 iyuldan “Özenergosotiş AJ” yagona xarid qiluvçi).

Qoida böyiça yagona xarid qiluvçi avvalo arzonroq tarifdagi işlab çiqaruvçidan elektr energiyasini sotib olişi kerak.

Qayta tiklanuvçi quyoş va şamol stansiyalaridan kafolatlangan xaridlar, şuningdek, gidrostansiyalardan sotib olinayotgan elektr energiyasi tariflari bundan ham köra arzonroq va ularning generatsiyadagi hajmi hamda uluşi faqat oşib bormoqda”, deya qayd etgan Otabek Bakirov.

Iqtisodçining fikriça, yuqoridagi raqamlardan kelib çiqib, elektrning tannarxi qariyb 1 000 söm ekani haqidagi bayonotlar transport va taqsimlaş xarajatlarini hisobga olgan holda qayta taftiş qilinişi, yangi va doimiy işlaydigan şaffof hisobdorlik tizimi yaratilişi kerak.

Eslatib ötamiz, 2022 yil may oyida berilgan rasmiy ma’lumotda 1 kWh elektr energiyasining tannarxi 800 söm, 1 kub metr tabiiy gazning tannarxi 1400 söm ekani aytilgan edi. 2024 yilda bu miqdor mos ravişda 990 söm va 1961 sömgaça oşgan.

Energetika vazirligi ham, Iqtisodiyot va moliya vazorligi ham tannarx qanday şakllangani böyiça jamoatçilikka oçiq va şaffof hisobot taqdim qilmagan.