“Toşkent şahar suv ta’minoti” AJ axborot xizmati boşliği Ravşan Yoqubjonovning sözlariga köra, tungi soat 4:00 lar atrofida Qoraqamiş va Moyqörğon köçalari kesişmasidagi suv quvurida nosozlik yuzaga kelgan. Nosozlik avvaliga 1200 mmlik tarmoqda bölgani taxmin qilingan, lekin keyinroq muammo 800 mmlik quvur bilan boğliqligi aniqlangan.
“Buning asosiy sababi – yaqin hududda joylaşgan qozonxonada vaqtinça elektr energiyasi uzilgan va quvurlarda bosim kötarilib ketib, quvurlarning ulangan çokidan avariya yuzaga kelgan”, deya ma’lum qildi Yoqubjonov voqea joyida Toşkent şahar hokimligi axborot xizmatiga bergan izohida.
Holatni “Özsuvta’minot” AJ mas’ul xodimi Şavkat Nuraliyev Kun.uz muxbiri bilan suhbatda şunday tuşuntirdi.
“Asosiy sabab faqat şu – elektr energiyasining ogohlantirilmasdan öçganligi. Çunki agar ogohlantirib, şu paytda öçiramiz deganida, biz bosimni me’yorida uşlab turgan bölardik, bunaqa holatlar yuzaga kelmasdi. “Elektrosetda ham balki nosozlik bölgandir, bizga aytişmadi, ular ham 2-3 soatda ta’mirlab töğrilab yuborişdi. Birdaniga öçib qolgani sabab böldi”, – dedi u.
Energetika korxonalari esa bu ma’lumotni rad etdi. Energetika vazirligi tizimiga kiruvçi “Toşkent issiqlik markazi” AJning bildirişiça, Yunusoboddagi 4-sonli qozonxonaning elektr ta’minotida 2-3 iyul kunlari “heç qanday uziliş yuz bermagan”.
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tarkibidagi “Toşkent issiqlik markazi” MÇJ Toşkent şahar “Suv ta’minoti” AJning mazkur bayonoti haqiqatga mos emasligini bildiradi va 4-sonli qozonxonada 2-3 iyul kunlari elektr ta’minoti bilan boğliq heç qanday uziliş yuz bermaganini ma’lum qiladi. Suv toşqiniga qozonxona faoliyatining heç qanday aloqasi yöq.
4-sonli qozonxona 2024-yilning 2-iyulidan 3-iyuliga ötar keçasi barqaror va ştat rejimida faoliyat yuritgan”, – deyiladi rasmiy bayonotda.
Qöşimça qilinişiça, ayni paytda qozonxonaga suv ta’minotining yetarli darajada yetkazib berilmayotgani sababli, mavjud imkoniyatlardan kelib çiqib, işlab çiqariş hajmi pasaytirilgan.









