13:35 / 16.04.2024
6075

Shols Xitoyni Rossiyaga harbiy yordam bermaslik haqida ogohlantirdi

Xitoy Xalq Respublikasi raisi bilan uchrashuv oldidan Germaniya kansleri Shanhayda bir necha uchrashuvlar o‘tkazdi va harbiy ta’minot, bozorlardagi raqobat masalalariga to‘xtalib, qator bayonotlar berdi.

Foto: Michael Kappeler/dpa/picture alliance

Federal kansler Olaf Shols 15 aprel, dushanba kuni Xitoyga uch kunlik tashrifining ikkinchi kunida mamlakat rasmiylarini Rossiyaga har qanday harbiy yordam bermaslik to‘g‘risida ogohlantirdi. «Hech kim bu amalga oshishiga yordam bermasligi kerak», dedi Shols Shanhayda Rossiyaga Ukrainaga qarshi urushida yordam taqdim etish masalasiga ishora qilib.

«Shuning uchun biz barchani sanksiyalarni chetlab o‘tmaslikka chaqiramiz (...) va shuningdek, qurol yetkazib bermaslikka chaqiramiz», — deya qo‘shimcha qildi u hamda bu ham fuqarolik, ham harbiy maqsadlarda ishlatilishi mumkin bo‘lgan tovarlarga ham tegishli ekanligini aniqlashtirdi. 

Olaf Shols 16 aprel kuni Pekinda Xitoy raisi Si Jinping va bosh vazir Li Tsyan bilan uchrashadi. Rossiyaning urushi nafaqat Yevropa muammosi, deya ta’kidladi kansler, balki «butun sayyoradagi tinchlik va xavfsizlikka tahdid, chunki bu ko‘plab odamlarni tarixiy tuzatishlar kiritishga undaydi». 

Katsler adolatli raqobat shartlarini talab qilyapti 

Olaf Shols, shuningdek, nemis kompaniyalari uchun adolatli raqobat sharoitlarini yaratishga chaqirdi. «Kompaniyalarning huquqlari kafolatlangani, bizda raqobat uchun adolatli sharoitlar yaratilgani, jumladan, bu yerda faoliyat yuritayotgan mahalliy kompaniyalar bilan ham juda muhim», dedi u 15 aprel kuni Shanhayga tashrifi chog‘ida. 

Shu tariqa, Shols nemis kompaniyalariga Xitoy hukumati tenderlarida qatnashish imkoniyatini berishga chaqirdi. Seshanba kuni davlat rahbari bilan uchrashuvda kansler, dpa ma’lumotlariga ko‘ra, o‘zaro savdoda «teng shartlar» masalasini ham ko‘tarish niyatida. 

Germaniya uzoq vaqtdan beri Xitoydan Xitoy kompaniyalari Germaniyada da’vo qilayotgan teng huquqlarni kutmoqda. Agentlik qayd etishicha, Germaniyaning eng yirik savdo sherigi - Xitoyda ayni damda iqtisodiy pasayish belgilari kuzatilmoqda, bu esa Germaniyaning eksportga asoslangan iqtisodiy modeli uchun muammolarni keltirib chiqaradi. 

AQSh Xitoyga Rossiyaga yordam uchun «jiddiy oqibatlar» bilan tahdid qildi

AQSh moliya vaziri Janet Yyellen 6 aprel kuni Xitoyning Guanchjou shahrida Xitoy Xalq Respublikasi davlat kengashi bosh vaziri o‘rinbosari Xe Lifen bilan uchrashuvda uni mamlakat kompaniyalari Ukrainaga qarshi urushda Rossiyani qo‘llab-quvvatlayotgani aniqlansa, Xitoy biznesi uchun jiddiy oqibatlar kelib chiqishi haqida ogohlantirdi. Bu haqda AQSh moliya vazirligi rahbari Vashington Pekinning Rossiya mudofaa-sanoat bazasini tiklashdagi yordamidan xavotir bildirganidan bir necha kun o‘tib aytdi. 

AQSh davlat kotibi Entoni Blinken 2023 yil iyun oyida Xitoyga qilgan safaridan so‘ng xabar berganidek, mamlakat rasmiylari uni Ukrainaga qarshi urushda foydalanish uchun Rossiyaga yordam vositalari bermayotganiga ishontirigan. 

Mavzuga oid
Top