Amerika Qöşma Ştatlarining Ohayo ştatida huquq-tartibot idoralari xodimlari bir neça yil davomida deyarli bir xonada öta antisanitariya şaroitida yaşagan 16 nafar bolani aniqladi. Ularning yoşi 18 oylikdan 18 yoşgaça.
Associated Press xabariga köra, politsiyaçilar Xamden qişloğidagi uyni tintuv qiliş paytida bolalarni topib olgan. Tergov ma’lumotlariga köra, ular axlat va inson çiqindilari orasida saqlangan, yaxşi parvariş qilinmagan va taşqi dunyodan deyarli butunlay ajratilgan. Ularning köpçiligi rivojlanişda jiddiy orqada qolgan, ba’zilari esa heç qaçon maktabga bormagan.
Topilgandan söng, barça bolalar ijtimoiy xizmatlar nazoratiga topşirildi. Yetti nafari şifoxonaga yotqizildi, ikki nafarining ahvoli oğir.
Iş böyiça tört nafar katta yoşli şaxs - bolalarning ota-onasi, şuningdek, buvisi va bobosi hibsga olingan. Ularga voyaga yetmaganlarning hayoti va soğliğiga tahdid soliş böyiça 16 ta ayblov e’lon qilindi. Barça ayblanuvçilar aybsiz ekanligini aytdi.
Tergov davom etmoqda. Huquq-tartibot idoralari bolalar qanday qilib ijtimoiy xizmatlar e’tiborini tortmagan holda bunday şaroitda uzoq vaqt qolib ketganini aniqlamoqda.








