Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi
Qalamchalar erta bahorda jo‘yaklarga ekiladi va darhol sug‘oriladi.
Bahorda nihollar qalamchasini tayyorlash va ekish kam xarajat talab qiladi va samarali hisoblanadi. Qalamcha tayyorlashning muhim qoidalari bor, bu haqda Ekologiya vazirligi ma’lumot berdi.
Qayd qilinishicha, tavsiyalar quyidagicha:
— terakning bir yillik novdalarini kesish oktyabr oyi oxiri — noyabr oyi boshidan terakda bahorgi vegetatsiya jarayoni boshlangunga qadar amalga oshiriladi;
— Kesib olingan novdalardan 20-25 santimetrlik qalamchalar tayyorlanadi. Qalamchalarni bog‘ qaychisi bilan 45 daraja ostida kesish lozim. Bu orqali ularning chirishining oldi olinadi;
— qalamchalar erta bahorda jo‘yaklarga ekiladi va darhol sug‘oriladi;
— kuzda tayyorlangan qalamchalar orasi 60-70 sm bo‘lishi kerak;
— terak qalamchalari jo‘yaklarda 20 santimetrdan qoldirilib, tik holatda qadaladi. Bunda qalamchadagi kurtaklar yuqoriga qaragan holatda bo‘lishi, qadalgan qalamchalarda bitta yoki ikkita kurtak tuproq ustida qolishi lozim.
Yangi ekilgan qalamchalardan keyingi yilning bahorida 1–1,5 metrlik terak ko‘chatlarini yetishtirish mumkin. Ekilgan terak ko‘chatidan esa bir yilda 2–2,5 metr, 3 yilda 6,5–7 metr, 5 yilda 10–12 metr, 8 yilda esa 20–25 metr uzunlikdagi terak daraxti o‘sadi.
Jo‘yaklar orasi 60 sm va qalamchalar orasi 20 sm sxemali 10 sotix, ya’ni 100 kvadrat metr maydonda 8333 ta, jo‘yaklar orasi 70 sm va qalamchalar orasi 20 sm sxemali 10 sotix maydonda esa 7140 tagacha terak ko‘chatlarini yetishtirish imkoni bor.
Mavzuga oid
19:40 / 17.11.2024
Olimlar dunyodagi chuchuk suv zaxiralari nega kamayganini tushuntirdi
16:49 / 16.11.2024
Okean suvlarining isishi chig‘anoq hosil qiladigan planktonlarga xavf solmoqda - tadqiqot
11:40 / 10.09.2024
Xorazmda 4 tup daraxt kesgan shaxs jarima va zarar uchun 27,8 mln so‘m to‘laydi
14:56 / 26.07.2024