“Atmosfera havosi sifatini yaxşilaşga qaratilgan “Toza havo” umummilliy loyihasini amalga oşiriş böyiça çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident farmoniga köra, 2026 yil 1 maydan har oyning 10- va 25-sanalarida “Avtomobilsiz kun”, “Avtomobilsiz hafta” aksiyalari ötkaziladi.
Bunda:
- mazkur aksiyalar doirasida davlat fuqarolik xizmatçilari tomonidan xizmat avtotransport vositalaridan foydalaniş qat’iyan taqiqlanadi;
- uşbu sanalar iş kunlariga töğri kelganda haydovçilarning iş haqi saqlab qolinadi.
2026 yil 1 avgustdan “trade-in” dasturi doirasida eskirgan avtotransportlarni topşirgan jismoniy va yuridik şaxslarga yangi transport vositalarini xarid qiliş uçun avtokredit foizining bir qismi qoplab beriladi.
2026 yil yakuniga qadar “Ekologik transport” tizimi doirasida Toşkent şahrining hududi “qizil”, “sariq” va “yaşil” zonalariga ajratib çiqilişi ta’minlanadi.
2026 yil 1 apreldan çang böronlarining oldini oliş uçun Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida “yaşil devor”lar barpo etiş boşlanadi.












