O‘zbekiston | 18:28 / 30.03.2026
1717
2 daqiqa o‘qiladi

Tabiatga yetkazilgan zararni kompensatsiya qiluvchi “Yashil chipta” tizimi joriy etiladi

Bunda samolyot, poyezd, metro va taksi yo‘nalishlarida marshrutning karbon izini (ta’sirini) aniqlash va foydalanuvchilarga marshrutning tabiatga ta’sirini “yashil chipta” sotib olish orqali kompensatsiya qilish imkoni beriladi.

Foto: Getty images

“Yashil makon” umummilliy loyihasi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoniga ko‘ra, 3 oy muddatda “Yashil chipta” tizimi joriy qilinadi.

Bunda samolyot, poyezd, metro va taksi yo‘nalishlarida marshrutning karbon izini (ta’sirini) aniqlash va foydalanuvchilarga marshrutning tabiatga ta’sirini “yashil chipta” sotib olish orqali kompensatsiya qilish imkoni beriladi.

Ishlab chiqariladigan, saqlanadigan, ichki va tashqi bozorda realizatsiya qilinadigan mahsulotlar uchun ishlab chiqarish, saqlash va logistika jarayonlaridagi karbon izini hisoblab, xaridorga mahsulotning atrof-muhitga ta’sirini ixtiyoriy ravishda kompensatsiya qilish imkoniyati yaratiladi.

Karbon izi (ta’siri) Ekologiya qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan qo‘llanmaga muvofiq avtomatik ravishda aniqlanadi.

“Yashil chipta” olish orqali tabiatga yetkazilgan zarar kompensatsiyasidan tushgan mablag‘lar Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamg‘armasiga o‘tkaziladi hamda faqat daraxt ko‘chatlarini ekish va ularni parvarishlash tadbirlariga yo‘naltiriladi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid