Universitet vitse-prezidenti Meri Osako «tunda lagerda dahşatli zöravonlik holatlari röy bergani» va rahbariyat huquq-tartibot organlarini çaqirişiga töğri kelganini aytdi.

Hozirça töqnaşuvga aynan nima turtki bölgani ma’lum emas, ammo, ayrim ma’lumotlarga köra, namoyişçilar ikki guruhga mansub talabalar örtasida «bufer zona» hosil qilgan tösiqni ağdarib taşlaşgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda paydo bölgan kadrlarda odamlar falastinliklarni qöllayotgan talabalarning çodirlardan iborat lageriga turli buyumlar va maş’alalar uloqtirayotgani aks etgan.

Los-Anjyeles ma’muriyati şahar politsiya boşqarmasi öz xodimlarini universitetga yuborganini ma’lum qilgan. Politsiyaçilar talabalar şaharçasi hududida yurgani aks etgan kadrlar ham tarqalgan. Los-Anjyeles politsiyasi universitet ma’muriyati «noqonuniy miting» haqida xabar berganidan keyin öz xodimlarini kampusga yuborganini tasdiqlagan.

Foto: ABC7

Daily Bruin gazetasi muxbiri, Kaliforniya universiteti hududida bölib turgan Dilan Uinvordning ma’lum qilişiça, Isroilni qöllayotgan namoyişçilar mahalliy vaqt bilan soat 22:00 atrofida turli buyumlar uloqtira boşlagan — suv solingan butilkalar, maş’alalar va hatto kimningdir skuteri ham uçib kelgan. BBC muxbiri xabariga köra, havoda közdan yoş sizdiruvçi gaz hidi anqimoqda.

Uinvordning sözlariga köra, universitet qöriqçilari hududni tark etişgan, bufer hududni bundan buyon «xavfsiz uşlab tura olişi»ga ularning közi yetmagan.

Kolumbiya universiteti şturm qilinişi

 

Seşanba kuni keçqurun AQŞ politsiyasi Nyu Yorkdagi Kolumbiya universitetining falastinliklarni qöllab-quvvatlab çiqqan namoyişçilar egallab olgan binolaridan birini şturm qildi.

Bir neça yuz politsiyaçi binoga derazalar orqali yöl oçadigan harakatlanuvçi platformada «Hamilton-holl»ga kirişgan. Amerika naşrlari xabariga köra, politsiyaçilar 50 nafar atrofidagi namoyişçilarni qölga olişgan. Ular binodan qöllari boğlangan holda olib çiqilgan va avtobuslarga ötqizilgan.

Bir kun oldin Isroilning Ğazo sektoridagi harakatlariga norozilik bildirgan va falastinliklarni qöllab-quvvatlayotgan namoyişçilar «Hamilton-holl»ni egallab olgaç, universitet ma’muriyati politsiyaçilarni yordamga çaqirgandi.