SpaceX orqali kosmik parvozlar, Tesla orqali elektromobillar va X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmoğini boşqariş bilan çeklanişni istamagan Ilon Mask endilikda Grokipedia («Grokipediya») deb nomlangan yangi onlayn-ensiklopediyani boşqarmoqda — u «Vikipediya»ni almaştirmoqçi.
Nomdagi “Grok” atamasi Maskning xAI startapi tomonidan işlab çiqilgan va X bilan boğlangan şu nomli til modeliga (LLM) işora qiladi. Aynan Grok Grokipedia’da e’lon qilinadigan faktlarni tekşirişga mas’ul etib qöyilgan. Biroq boşqa LLM singari Grok ham dezinformatsiya tarqatişdan suğurtalanmagan: masalan, 2025 yilda u foydalanuvçilarga Xolokost haqidagi uydirma nazariyalarini ulaşgan va Adolf Hitler haqida ijobiy fikr bildirgan holatlar kuzatilgan.
Maqola yozilayotgan paytda Grokipedia v0.1'da taxminan 900 mingtadan ozroq maqola bor edi, buning muqobili sifatida 2001 yilda yaratilgan va dunyoning eng köp taşrif buyuriladigan saytlaridan biri bölib qolayotgan «Vikipediya»ning faqat inglizça talqinining özida taxminan 7 million maqola mavjud. Maskning fikriça, uning ensiklopediyasi hozirning özida «Vikipediya»dan yaxşiroq, «1.0» yangi versiyasi esa hozirgi v0.1'dan «ön barobar yaxşiroq» böladi.
«Men “Vikipediya”ni yaxşi köraman. Vaqt ötişi bilan u faqat yaxşilanyapti», — deb yozgandi Ilon Mask 2017 yilda hali Twitter deb atalgan X tarmoğida. Ammo sönggi paytlarda u onlayn-ensiklopediyaga munosabatini keskin özgartirdi: 2025 yil sentabr oxirida u «Vikipediya»ni Wokepedia deb atadi («Vouk» — ijtimoiy, irqiy va gender diskriminatsiyasi muammolariga alohida e’tibor qaratuvçi, köproq söl va söl-liberal qaraşlar tarafdorlari uçun işlatiladigan atama). 2024 yil dekabrida esa u «Vikipediya» «rostgöyroq bölmagunça» unga xayriya qilmaslikka çaqirdi. Konservator Maskning fikriça, «Vikipediya» ma’lumot taqdim etişda liberal ğoyalar va spikerlarga imtiyoz beradi.
Vaşingtondagi Amerika universiteti Jamoat kommunikatsiyasi kafedrasi dotsenti Filippo Trevizanga köra, Grokipedia yaratilişida muayyan tijoriy sabablar bölişi mumkin bölsa-da, Maskning asosiy motivlari — ideologik. «Aslida bu yerda pul boş maqsad emas. Loyiha “Vikipediya”ni AQŞdagi köplab konservativ va öng oqim vakillari tanqidlariga javob sifatida paydo böldi», — deydi u DW bilan suhbatda.
«Bu — an’anaviy manbaga (bizning holda “Vikipediya”) muqobil taklif etişga uriniş, sun’iy intellektga asoslangan uşbu resursni muqobil nuqtayi nazarlar uçun yangi manbaga aylantiriş harakati», — deya qöşimça qildi ekspert.

















