01:59 / 02.05.2024
16377

YeChL. «Borussiya» yarimfinalning birinchi o‘yinida «PSJ»ni mag‘lub etdi

Foto: Borussiya Dortmund

Yevropa Chempionlar Ligasida yarimfinalning ikkinchi juftligida «Borussiya» Dortmundda «PSJ»ni qabul qilib, Fullkrugning yagona goli evaziga g‘alaba qozondi. 

Javob bellashuvi 7 may kuni Parijda o‘tkaziladi. 

Eslatib o‘tamiz, birinchi yarimfinalning dastlabki o‘yinida «Bavariya» «Real» bilan durang qayd etgandi (2:2).

YeChL. Yarimfinal
Borussiya D — PSJ 1:0

1 may, «Signal Iduna Park»
Gol: Fullkrug (36).
Borussiya D – Kobel, Ryuerson (Volf, 87), Hummels, Shlotterbek, Matsen, Zabitser, Jan, Brandt (Nmecha, 87), Sancho, Adeyyemi (Roys, 83), Fullkrug (Mukoko, 90). 
PSJ – Donnarumma, Hakimi, Markinos, Ernandes (Lukas Beraldo, 42), Mendesh, Fabian Ruis, Vitinya, Zair-Emeri, Dembele, Barkolya (Kolo-Muani, 65), Mbappe.
Ogohlantirishlar: Matsen (19), Ruis (53), Shlotterbek (73).

Top