Turk dunyosi umumiy alifbo komissiyasining ikkinçi yiğilişi Ozarboyjon poytaxti Bokuda bölib ötdi. Bu haqda Anadolu xabar berdi.
Xalqaro Turkiy Akademiya rahbari, professor Şahin Mustafoyev raisligida ötkazilgan yiğilişda Ozarboyjon Milliy Fanlar Akademiyasi prezidenti Iso Habibbeyli, Ozarboyjondagi Otaturk markazi rahbari Nizomiy Jafarov, şuningdek, Turkiya, Qozoğiston, Qirğiziston, Özbekiston va Turkiya olimlari iştirok etdi.
Yiğilişda umumiy alifbo yaratiş borasidagi işlar, şuningdek, turkiy tillarning umumiy alifbosi bilan boğliq çora-tadbirlar rejasini belgilaş masalasi muhokama qilindi. Şuningdek, umumiy atamaşunoslik sohasidagi tadqiqotlar haqida söz yuritilib, lotin harflariga asoslangan umumiy alifboga ötişning ilmiy, madaniy va amaliy natijalariga baho berildi.
Turkiy tilşunoslik jamiyati rahbari Usmon Mert jurnalistlarga Turk dunyosi yozma muloqotga muhtojligini va bu taşabbuslar doirasida mas’uliyatli qadamlar taşlayotganini aytdi.
Uning sözlariga köra, turkiy davlatlar umumiy alifboga ötişda jiddiy akademik yutuqlarga erişgan, ammo siyosiy qarorlar qabul qiliş uçun biroz vaqt kerak bölişi mumkin.
Mert, Sovet Ittifoqining parçalanişi bilan mustaqillikka erişgan turkiyzabon davlatlar uçun yangi sahifa oçilganini qayd etdi.
«Uşbu uçraşuvda yuz bergan voqea, aslida, tarixiy missiyani amalga oşirişdir. Biz yozma ravişda muloqot qilişga muhtojmiz va bunga erişişimiz kerak. Turkiya, Ozarboyjon, Özbekiston va Turkmaniston lotin alifbosidan foydalanmoqda», dedi Mert va Qozoğiston va Qirğizistonni ham şunga çaqirdi.
«Qozoğistonning lotin alifbosiga ötişi 2025 yilgaça amalga oşişi mumkin. 2026 yilda Birinçi Turkologiya qurultoyining 100 yilligi nişonlanadi. Biz umumiy alifbo mavzusini 2026 yilda yakunlaşni kutmoqdamiz. Tarix bizga bu mas’uliyatni yuklagan va biz qat’iyroq bölişimiz kerak», deb qöşimça qildi u.











