13 may kuni kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berildi
Ayrim hududlarda havo harorati 35 darajagacha ko‘tariladi.

Foto: Kun.uz
«O‘zgidromet» 13 may, dushanba kuni kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +12...+14 daraja, kunduzi +29...+31 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +30...+35 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +14...+19 daraja, kunduzi +30...+35 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +12...+17 daraja, kunduzi +27...+32 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +14...+19 daraja, kunduzi +30...+35 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +12...+17 daraja, kunduzi +25...+30 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +7...+12 daraja, kunduzi +15...+20 daraja bo‘ladi.
So‘nggi yangiliklar
-
Olti oyda 4 mingdan ortiq shaxs giyohvand moddalar muomalasi uchun ushlandi
O‘zbekiston | 10:01
-
Eron ikki fransuzni "Mossad" foydasiga josuslikda aybladi
Jahon | 09:48
-
Avtomobil ta’miri xizmatiga talab eng yuqori bo‘lgan hudud aytildi
O‘zbekiston | 09:20
-
O‘zbekiston va Misr Sulton Sayfiddin Qutuz haqida film yaratishi mumkin
O‘zbekiston | 09:03
Mavzuga oid

16:06 / 02.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari

12:16 / 01.07.2025
Barcha tarmoqlar tayyor turishi kerak. Shiddatli issiq havo oqimi kirib kelmoqda

11:44 / 30.06.2025
Hafta davomida harorat +43 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda

13:20 / 23.06.2025