3 may kuni Çilonzor tumanida köp yillik daraxtning qulaşi oqibatida bir yoşli qizaloq vafot etdi. Bunday daraxtlar şaharning boşqa qismlarida ham uçrayapti. Biroq qurigan daraxtlarni kesib oliş, kasallanayotgan daraxtlarni dorilaş işlariga negadir heç kim boş qöşmayapti.
Toşkentdagi daraxtlar kasallanyaptimi?
Toşkent şahrida kasallangan daraxtlar köpayişni boşlaganini aytyapti Botanika boği dendrologi Atirgul Xolmirzayeva. Uning aytişiça, şaharda oldin uçramagan haşarotlar daraxtlarga hujum qilyapti.
“Şira kasalligi, şahar möylovdori, pöstloqxör degan haşarotlar daraxtlarga zarar yetkazyapti. Bular oldin şaharda yöq edi. Turli xil yoğoçlar bilan qöşilib kelib, sekin-sekin şahar böylab tarqalişni boşlagan”, – dedi Xolmirzayeva Kun.uz bilan suhbatda.
Mutaxassis haşarotlar daraxtga kirib olgaç, uning şoxlari qurişni boşlaşi, keyinçalik esa içi pökakka aylanib qolişini aytdi.
“Pöstloqxör daraxt tanasi va pöstloği orasiga örnaşib oladi daraxt içiga kirib olgandan keyin çiqmasdan daraxtni yeb taşlaydi. Natijada daraxt quriy boşlaydi. Şahar möylovdori esa teraklarda köp bölar edi. Hozir teraklar kamayib ketgani uçun yoğoçi yumşoq çinor, eman daraxtlariga kirib olyapti”, – deydi dendrolog.
“Pösti öyilgan daraxt haşarotlarni köproq jalb qiladi”
Atirgul Xolmirzayeva daraxtlarga haşarot kirib olişiga yoşlar ham sababçi ekanini aytib, ulardan daraxtlar pöstloğini öymaslikni iltimos qildi.
Ya’ni daraxt pöstloği qattiq bölgani uçun, unga haşarot kirişi qiyin, lekin uni odamlar öyib ismini yozayotgani pöstloqxörlarga yordam böladi. Ular endi daraxt pöstloğidan kiradigan joy topişga harakat qilmay, tayyor oçiq joydan kirib olaveradi.
“Boğga köpinça yoşlar keladi. Katta daraxtlar pöstloğini öyib sevgisini izhor qiladi. Sevsang, öziga ayt, peşonangga yoz, xat yoz. Çunki daraxtning oçilgan joyini körib şahar möylovdori xursand bölib ketadi. Darrov kirib oladi. Iltimos, daraxtlarni öymang, bu ularning kasallanişiga sabab böladi
















