Çilonzor tumanida enagasi bolalar aravaçasida olib ketayotgan 1 yoşli qizning ustiga daraxt quladi. Buning oqibatda bola voqea joyida halok bölgan. Bu haqda Boş prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Şamsutdinov «Gazeta.uz»ga xabar bergan.  

Ma’lum qilinişiça, holat 3 may kuni soat 11:50 atrofida tumanning 5-mavzesida sodir bölgan. 55 yoşli enaga Ye.M. bolalar aravaçasida 2023 yilda tuğilgan A.P.ni olib ketayotganida daraxt bosib qolgan. Oqibatda qizça hodisa joyida vafot etgan.  

Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.