Jamiyat | 08:25 / 16.05.2024
3948
1 daqiqa o‘qiladi

10 ming dollar evaziga Koreyaga o‘qishga va ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi 

Koreya davlatiga o‘qishga va ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Marg‘ilon shahar bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, fuqaro A.X. fuqaro M.E.ning ishonchiga kirib, uning farzandi M.Z.ni 10 000 AQSh dollari evaziga Koreya davlatiga o‘qishga va ishga yuborishini va’da qilib, oldindan 3000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid