Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda ichki yo‘llarni ta’mirlashdagi talon-torojlik holatlari aniqlandi
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish va ichki yo‘llarni ta’mirlashdagi talon-torojlik holatlari aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.
Unda, Shahrisabz tumani yo‘llardan foydalanish UK buyurtmachiligida Ko‘kdala tumanidagi 4 ta mahallaning ichki yo‘llarini joriy ta’mirlashda ishtirok etgan 5 ta pudratchi tashkilot mas’ul shaxslari hech qanday ruxsatnomasiz 50,9 ming kub hajmdagi qum-shag‘al aralashmasini qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 1,2 mlrd so‘m zarar yetkazgani, shuningdek rasmiy hujjatlarda qazib olish ishlarini sun’iy ravishda oshirib ko‘rsatib, 847,8 mln so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.
Shu kabi, departamentning Koson tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda, I.S. MChJ mas’ul shaxslari va boshqalar “Pudina” MFY hududidagi ichki yo‘lni asfalt qilish uchun Qashqadaryo mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati DUK bilan tuzilgan pudrat shartnomasiga asosan o‘tkazib berilgan 376,8 mln so‘m budjet mablag‘ini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
09:35 / 08.07.2026
Qashqadaryoda davlat mehnat huquq inspektori firibgarlikda ushlandi
23:02 / 03.07.2026
“O‘lganning ustiga tepgan”: Qashqadaryoda o‘nlab fuqaroning kreditga olingan mashinalari g‘oyib bo‘ldi
22:01 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20 / 13.06.2026