Ronaldu yillik daromad bo‘yicha Messidan ikki barobar o‘zib ketdi
Amerikaning Forbes nashri yil davomida eng ko‘p daromad olgan sportchilar reytingini yangiladi.

Foto: Getty Images / Forbes
Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘z faoliyatida to‘rtinchi marta Forbes talqini bo‘yicha yilning eng ko‘p daromad oluvchi sportchilari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi.
39 yoshli portugaliyalikning so‘nggi 12 oydagi daromadi 260 million dollarga baholanmoqda, shundan 200 million dollari klubdagi maoshi, qolgan 60 million dollarni Nike, Binance va Herbalife kompaniyalari bilan tuzgan reklama shartnomalari orqali olgan.
Ikkinchi o‘rinni ispaniyalik golfchi Jon Ram (218 million dollar), uchinchi o‘rinni «Inter Mayami» (AQSh) klubining argentinalik hujumchisi Lionel Messi (135 million dollar) egallab turibdi.
Qayd qilinishicha, tarixda birinchi marta yuqori o‘ntalikdagi barcha sportchilar 100 million dollardan ortiq daromad olishdi — ularning jami daromadi rekord darajadagi 1,38 milliard dollarni tashkil etdi.
Top-10 reytingdagi boshqa sportchilar:
4. LeBron Jyeyms (AQSh, basketbol) – 128,2 million dollar;
5. Yannis Adetokunbo (Gretsiya, basketbol) – 111 million dollar;
6. Kilian Mbappe (Fransiya, futbol) - 110 million dollar;
7. Neymar (Braziliya, futbol) - 108 million dollar;
8. Karim Benzema (Fransiya, futbol) - 106 million dollar;
9. Stiven Karri (AQSh, basketbol) – 102 million dollar;
10. Lamar Jyekson (AQSh, Amerika futboli) – 100,5 million dollar.
Mavzuga oid

20:26 / 01.04.2025
Forbes milliarderlar ro‘yxatini yangiladi: Usmonov O‘zbekiston vakili sifatida ko‘rsatilgan

14:09 / 24.03.2025
Ronaldu noyob ko‘rsatkichga erishdi

15:28 / 30.01.2025
Ronaldu: «O‘g‘limga Mbappe yoqadi, u «Dada, Kilian sizdan yaxshiroq» dedi. Men esa «Kim ko‘proq gol urgan?» deb so‘radim»

11:06 / 14.12.2024