O‘zbekiston | 10:54 / 18.05.2024
3748
1 daqiqa o‘qiladi

Malayziya bosh vaziri Samarqandga jo‘nab ketdi

Malayziya bosh vaziri 18-19 may kunlari Samarqand va Buxoro shaharlariga tashrif buyurib, xalq boy madaniy-tarixiy va ma’naviy merosi bilan tanishadi, qo‘shma biznes-forumda ishtirok etadi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim rasmiy tashrif bilan mamlakatda bo‘lib turibdi.

Malayziya hukumati rahbari kecha Toshkent shahrida o‘tgan oliy darajadagi tadbirlar va muzokaralardan so‘ng bugun, 18 may kuni Samarqand shahriga jo‘nab ketdi.

Oliy martabali mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

Malayziya bosh vaziri 18-19 may kunlari Samarqand va Buxoro shaharlariga tashrif buyurib, xalq boy madaniy-tarixiy va ma’naviy merosi bilan tanishadi, qo‘shma biznes-forumda ishtirok etadi.

Mavzuga oid