08:42 / 22.05.2024
6389

Ozarboyjon Toshkentda besh yulduzli mehmonxona qurishi kutilyapti

Poytaxtda Ritz Carlton brendi ostidagi 5 yulduzli mehmonxona faoliyatini tashkil etish nazarda tutilgan. 

Toshkent shahar hokimligi III Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida erishilgan investitsiya bitimlari va kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy harakatlar rejasini ochiqladi.

“Yo‘l xaritasi”ga ko‘ra, Ritz Carlton brendi ostidagi 5 yulduzli mehmonxona faoliyatini tashkil etish nazarda tutilgan. Qiymati 200 million dollar deb baholangan mehmonxonani Ozarboyjonning Pasha Development firmasi qurib, 2025 yilning martida topshiradi.

Xitoyning Guangdong Zomman Energy technology kompaniyasi Toshkent shahrida joylashgan sanoat korxonalarining tom qismiga quvvati 100 MVt bo‘lgan quyosh panellarini o‘rnatadi. Loyiha qiymati 100 million dollar, uni 2025 yil mart oyida ishga tushirish belgilangan.

Rossiyaning “Stroitel-98” kompaniyasi tomonidan “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasida “A” toifadagi logistika markazini tashkil etish rejalashtirilgan. Buning uchun 158 million dollar sarflanadi, u 2026 yilning dekabr oyida foydalanishga topshiriladi.

Mavzuga oid
Top