O‘zbekiston | 12:30 / 25.05.2024
6341
2 daqiqa o‘qiladi

"Faxrlansa arzigulik yurtdoshlarimiz ko‘paysin!" - Komil Allamjonov 

Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamenti rahbari Komil Allamjonov Harvard universitetida doktorlik ilmiy darajasiga erishgan hamyurtimiz taniqli iqtisodchi olim Botir Qobilovni ushbu yuksak natija bilan tabrikladi.

Iste’dodli va aql-zakovatli o‘zbekistonliklarning dovrug‘i jahonga taralishi lozim!

Bugun Harvard universitetida doktorlik ilmiy darajasiga erishgan hamyurtimiz, faxrimiz, taniqli iqtisodchi olim Botir Qobilovni tabriklashdan mamnunmiz. Vatandoshimiz dunyoda nufuzi bo‘yicha uchinchi o‘rinda turadigan universitetda PhD unvonini olgan birinchi o‘zbekistonlik bo‘ldi!

Har bir yigit-qizimiz Botir kabi o‘z ustida ishlab, bilimini chuqurlashtirishi, dunyoqarashini kengaytirishi zarur. Qiyinchiliklardan aslo cho‘chimaslik, taslim bo‘lmaslik kerak. Yosh do‘stlarim, o‘z ustingizda ishlang, o‘rganing, mehnat qiling va oldingizga ulkan maqsadlar qo‘ying. Botir Qobilovning yutug‘i barcha uchun ilhom manbai bo‘la oladi. Faxrlansa arzigulik yurtdoshlarimiz ko‘paysin!,  deb yozdi Komil Allamjonov o‘zining telegram kanalida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonlik iqtisodchi Botir Qobilov Harvard universitetida doktorlik unvonini oldi.

Botir Qobilov – iqtisodchi, avvalroq AQShning Dyuk universitetida iqtisodiyot magistri darajasini olgan. U Uzbekonomics Telegram-kanali muallifi, shu nomdagi podkastlar hammuallifi hisoblanadi. Qobilov jamoatchilik faoli sifatida qator mavzularda o‘z mulohazalarini bildirib keladi.

Mavzuga oid