"Jamiyat uçun muhim lavozimlarga iqtidorli yoşlarning tayinlanişi kişini quvontiradi.
Oldiga qöygan maqsadlari yölida Jahongir Azimovga kuç-quvvat va omad yor bölsin, ezgu qadriyatlariga doim sodiq qolsin.
OAVni yanada erkin qiliş borasida katta rejalarimiz bor!" deb yozadi Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamenti rahbari Komil Allamjonov.
Eslatib ötamiz, Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi direktori özgardi.
Amalda Fond direktori sifatida işlab kelayotgan Akramjon Fozilov fondning Vasiylik kengaşi raisi lavozimiga ma’qullandi.
Uning örnini esa Jahongir Azimov egalladi.
Jahongir Azimov 1992 yilda Toşkent şahrida tuğilgan. 2016 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini, 2022 yilda AQŞning Alabama universitetida ijodiy jurnalistika böyiça magistraturani tamomlagan.
Mehnat faoliyatini Özbekistondagi BMT doimiy koordinatori idorasida boşlagan. 2017 yilda Özbekistondagi birinçi TEDx, TEDxMustaqillikSquare konferensiyalari taşkilotçisi bölgan. Şundan keyin Voice of Taşkent’da mustaqil muallif bölggan, söngra Özbekiston Taşqi işlar vazirligining «Dunyo» axborot agentligida, Gazeta.uz naşrida işlagan; Toşkentdagi Vebster universitetida dars bergan.








