Foto: Behzod Hoşimov

Bu haqda Viskonsin universitetidan fan doktori Behzod Hoşimov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi.

“Döstim, hammuallifim, podkastdoşim va qadrli akam – Botir Kobilov bugun Harvard universitetidan doktorlik unvonini oldilar.

Botir aka bilan faxrlanamiz. Vatanimiz, millatimizga Botir akadek olimlar muborak bölsin. Botir aka Harvardda doktorlik qilgan birinçi özbekistonlik böldi”, deb yozdi Behzod Hoşimov.

Botir Qobilov / Instagram

Botir Qobilov – iqtisodçi, avvalroq AQŞning Dyuk universitetida iqtisodiyot magistri darajasini olgan. U Uzbekonomics Telegram-kanali muallifi, şu nomdagi podkastlar hammuallifi hisoblanadi. Qobilov jamoatçilik faoli sifatida qator mavzularda öz mulohazalarini bildirib keladi.