Meva va sabzavotlarning o‘rtacha eksport narxlari ma’lum qilindi
Savdo-sanoat palatasi xabar berishicha, eksport bo‘yicha minimal narxlar joriy etilishi mava va sabzavotlar eksportga ta’sir o‘tkazmagan.
O‘zbekistonda eksport uchun minimal narxlar belgilanganiga qaramay mahsulotlar yuqori narxlarda eksport qilinayotgani ma’lum bo‘ldi.
Savdo-sanoat palatasi xabar berishicha, eksport bo‘yicha minimal narxlar joriy etilishi meva va sabzavotlar eksportga ta’sir o‘tkazmagan. Mahsulotlar yuqori narxda eksport qilinmoqda. Bu esa eksportchilar uchun qo‘shimcha foyda keltirmoqda.
Quyidagi mahsulotlarda narxlar sezilarli darajada ortgan:
Gilos. Minimal qiymat 2,00 dollar, amalda 2,53 dollardan sotilmoqda (2023 yilda 50 foizidan ortig‘i 0,93 dollardan eksport - 11 000 so‘mdan eksport qilingan).
O‘rik. Minimal qiymat 1,20 dollar, amalda 1,75 dollardan sotilmoqda (2023 yilda 50 foizidan ortig‘i 0,83 dollardan eksport - 9 600 so‘mdan eksport qilingan).
Limon. Belgilangan minimal qiymat 0,75 dollar, amalda 1,23 dollardan sotilmoqda. (2023 yilda 50 foizidan ortig‘i 0,59 dollardan eksport - 6 800 so‘mdan eksport qilingan).
Olxo‘ri. Belgilangan minimal qiymat 0,90 dollar, amalda 1,39 dollardan sotilmoqda (2023 yilda 50 foizidan ortig‘i 0,34 dollardan eksport - 4 000 so‘mdan eksport qilingan).
Shaftoli. Belgilangan minimal qiymat 1,50 dollar, amalda esa 2,92 dollardan sotilmoqda (2023 yilda 50 foizidan ortig‘i 2,06 dollardan eksport - 24 000 so‘mdan eksport qilingan).
Qulupnay. Belgilangan minimal qiymat 1,20 dollar, amalda esa 1,27 dollardan sotilmoqda (2023 yilda 50 foizidan ortig‘i 0,78 dollardan eksport - 9 000 so‘mdan eksport qilingan).
Pomidor. Belgilangan minimal qiymat 0,90 dollar, amalda esa 0,96 dollardan sotilmoqda (2023 yilda 50 foizidan ortig‘i 0,45 dollardan eksport - 5 200 so‘mdan eksport qilingan).
Bodring. Belgilangan minimal qiymat 0,70 dollar, amalda 0,83 dollardan sotilmoqda (2023 yilda 50 foizidan ortig‘i 0,37 dollardan eksport - 4 300 so‘mdan eksport qilingan).
Qizil bosh karam. Belgilangan minimal qiymat 0,50 dollar, amalda 0,55 dollardan sotilmoqda (2023 yilda 50 foizidan ortig‘i 0,12 dollardan eksport - 1 400 so‘mdan eksport qilingan).
Lavlagi. Belgilangan minimal qiymat 0,32 dollar, amalda 0,44 dollardan sotilmoqda (2023 yilda 50 foizidan ortig‘i 0,23 dollardan eksport - 2 700 so‘mdan eksport qilingan).
Ta’kidlanishicha, hech bir davlat organiga eksportni cheklash yoki to‘xtatib qo‘yish vakolati berilmagan. Minimal qiymatni ham hukumat emas, Savdo-sanoat palatasi belgilab kelmoqda.
Mavzuga oid
12:50 / 04.11.2024
O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari Mo‘g‘ulistonga eksport qilinadi
09:40 / 23.10.2024
O‘zbekistondan Kuvaytga quruq mevalar eksporti hajmi oshiriladi
21:40 / 02.10.2024
Qirg‘iziston O‘zbekiston tufayli go‘sht eksportiga vaqtinchalik taqiq joriy qilgani ma’lum bo‘ldi
09:40 / 09.09.2024