Jahon | 12:37 / 25.05.2024
4511
3 daqiqa o‘qiladi

Putin Lukashenko bilan yagona mudofaa makonini yaratish masalasini muhokama qildi

Putin Lukashenko bilan yagona mudofaa makonini yaratish masalasini muhokama qilganini aytdi. Shuningdek, u G‘arb mamlakatlar taraqqiyotini to‘xtatib, suverenitetiga zarar yetkaza olmasligini qo‘shimcha qildi. Putinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Belarus «bu muhim sohalarda hamkorlikni kuchaytiradi».

Foto: RIA Novosti

Vladimir Putin Rossiya-Belarus muzokaralari davomida Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan yagona mudofaa makonini yaratish masalasini batafsil muhokama qilganini aytdi, deb yozadi RIA «Novosti». «Ittifoq davlatining tashqi chegaralaridagi keskin vaziyatni hisobga olgan holda, muzokaralar davomida yagona mudofaa makonini shakllantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi», dedi u.

Bundan tashqari, Putin G‘arb mamlakatlar taraqqiyotini to‘xtatib, suverenitetiga zarar yetkaza olmasligini qo‘shimcha qildi. «Bu yerda biz o‘zimizni mutlaqo ishonchli his qilyapmiz va ushbu muhim yo‘nalishlarda hamkorligimizni mustahkamlaymiz», dedi u. Putin Minskka 23 may kuni yetib keldi. Belarus Rossiya prezidenti qayta saylanganidan keyin Xitoydan keyin tashrif buyurgan ikkinchi davlatga aylandi.

Avvalroq, 7 may kuni Belarus Xavfsizlik kengashi davlat kotibi Aleksandr Volfovich mamlakat haqiqiy jangovar vaziyatga imkon qadar yaqin sharoitda taktik yadro qurolidan foydalanishga qodir kuchlar va vositalarni to‘satdan tekshiruvdan o‘tkazishini ma’lum qilgandi. «Tekshiruv Rossiya Federatsiyasidagi hamkasblarimiz tomonidan strategik bo‘lmagan yadro qurollaridan foydalanish bo‘yicha olib borilgan tadbirlar fonida rejalashtirilgan va ular bilan sinxronlashtirildi», - deya aniqlik kiritdi u.

Bundan oldin, 6 may kuni Rossiya Mudofaa vazirligi yaqin kelajakda «strategik bo‘lmagan yadro qurollarini tayyorlash va qo‘llash bilan bog‘liq masalalarni amaliy sinovdan o‘tkazish bo‘yicha» mashg‘ulotlar o‘tkazishini ma’lum qilgandi. 

21 may kuni Rossiya harbiy departamenti Janubiy harbiy okrugda o‘quv mashg‘ulotlarining birinchi bosqichi boshlanganini e’lon qildi. Mudofaa vazirligining ta’kidlashicha, mashg‘ulotlar «strategik bo‘lmagan yadro qurolidan jangovar foydalanish bo‘linmalari shaxsiy tarkibi va texnikasi tayyorligini hamda Rossiya davlatining hududiy yaxlitligi va suverenitetini so‘zsiz ta’minlashga qaratilgan». 

Mavzuga oid