Xalqaro Kriosfera Iqlim Taşabbusi ((ICCI) ilmiy tarğibot taşkiloti X ijtimoiy tarmoğida Venesuelada qolgan yagona Humbolt yoki Karona muzligi muzlik deb ataş uçun juda kiçik bölib qolganini e’lon qildi.

Venesuela ötgan asrda 6 ta muzligini yöqotgandi. Sönggi Karona muzligi 450 gektardan atigi 2 gektar maydonga qisqargan, natijada muzlik “muz maydoni” sifatida qayta tasniflandi.

Muzlik darajasiga ega bölişi kerak bölgan minimal ölçam böyiça global standart mavjud bölmasa-da, AQŞ Geologik xizmati umumiy qabul qilingan körsatmaga köra, muzlik taxminan 10 gektarni taşkil etişi kerak.

London Universitet kollejining yer tizimi fanlari professori Mark Maslinning aytişiça, Humbolt kabi muz maydoni - taxminan ikkita futbol maydonçasi maydoniga teng – va u ortiq "muzlik emas". “Muzliklar bölişi uçun ular vodiylarni qoplab turişi kerak. Şuning uçun Venesuelada ortiq muzlik yöq deb aytiş mumkin”, deydi olim.

Professor Maslinning aytişiça, bir muzlikning erib ketişi quyoşning yerni yanada qattiqroq qizitişiga sabab böladi, natijada yozda muz hosil böliş ehtimoli pasayadi.

Muzliklaridan ajralişi kutilayotgan keyingi davlatlar Indoneziya, Meksika va Sloveniya bölişi mumkin.

Bu davlatlar nisbatan ekvatorga yaqin va ularda joylaşgan toğlarning balandligi ham nisbatan pastroq. Şuning uçun ularda muzliklar erişi ehtimoli yuqori. Garçi Venesuelaniki kabi kiçik muzliklar dengih sathi oşişida unça katta rol öynamasa ham, ular, ayniqsa, issiq mavsumda özlari joylaşgan hududdagi aholini toza içimlik suvi bilan ta’minlaşda muhim ahamiyatga ega böladi.

Oxirgi örganişlar 2100 yilgaça dunyoda mavjud muzliklarning 20 foizdan 80 foizgaça qismi yöqolib ketişini prognoz qilmoqda. Atmosferaga çiqadigan zararli taşlamalarni kamaytiriş global muz depozitlarini saqlab qolişga yordam berişi mumkin. Ular tiriklik, energiya, suv va oziq-ovqat xavfsizligi uçun zarur.