Jahon | 01:11 / 01.12.2025
5999
1 daqiqa o‘qiladi

Maduro qachon iste’foga chiqishi mumkinligini aytdi – OAV

Nikolas Maduro AQSh vakillari bilan muloqoti chog‘ida 18 oydan kam bo‘lmagan muddat ichida iste’foga chiqishini bildirgan.  

Foto: Reuters

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro AQSh bilan norasmiy muloqoti vaqtida qachon iste’foga chiqishga tayyor bo‘lishini aytdi, deb xabar berdi CNN o‘z manbasiga tayanib. 

Xabarga ko‘ra, Maduro AQSh vakillari bilan muloqoti davomida 18 oydan kam bo‘lmagan muddat ichida iste’foga chiqishini bildirgan.  

Biroq Oq uydagilar uning zudlik bilan iste’foga chiqishi ko‘zda  tutilgan rejani ma’qullashga qaror qilishgan.  

29 noyabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Venesuela osmoni yopilganini e’lon qilgandi. Venesuela hukumati Trampning bayonotini «Venesuela xalqiga nisbatan navbatdagi g‘ayrioddiy, noqonuniy va asossiz tajovuz» deb atadi. 

Sentyabr boshidan buyon AQSh Karib dengizi va Tinch okeanining sharqiy qismida giyohvand moddalar tashishda gumonlangan 20 dan ortiq kemalarga zarbalar yo‘llagan, natijada kamida 83 kishi halok bo‘lgan.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid