Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya va O‘zbekiston sobiq fuqarolarini pensiya bilan ta’minlash masalasini hal qilishni rejalashtirmoqda
Rossiya hukumati pensiya to‘lash to‘g‘risida har bir mamlakat bilan alohida shartnoma tuzmoqda. Biroq, bunday shartnoma O‘zbekiston bilan hali tuzilmagan.
Rossiya va O‘zbekiston sobiq fuqarolarini pensiya bilan ta’minlash masalasini hal qilishni tezlashtirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Vladimir Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasidagi muzokaralar yakunlari bo‘yicha imzolangan ikki davlat qo‘shma bayonotida aytiladi.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yil 1 yanvarda Rossiya MDH davlatlari fuqarolarining pensiya ta’minoti sohasidagi huquqlarini kafolatlash to‘g‘risidagi 1992 yilgi kelishuvni denonsatsiya qilgan edi.
Shundan so‘ng, Rossiya hukumati har bir mamlakat bilan alohida yoki ittifoqqa birlashgan davlatlar guruhi (masalan, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi) bilan pensiya to‘lash to‘g‘risida shartnomalar tuza boshladi.
Bunday shartnoma O‘zbekiston bilan hali tuzilmagan, shu bois Rossiyaga ko‘chib borgan va 2023 yil 1 yanvardan keyin pensiya yoshiga yetgan sobiq fuqarolarning Rossiya hududidan tashqarida to‘plagan mehnat tajribasi pensiya tayinlashda hisobga olinmaydi.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
22:29 / 13.06.2026
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ilk bor migratsiya sohasida bitim va qo‘shma deklaratsiya imzolandi
09:15 / 10.06.2026
AQSh Kongressi migratsiya xizmati uchun 70 milliard dollar ajratdi
20:30 / 09.06.2026