«ÖzTrend» jamoasi ular haqida hikoya qiluvçi yangi multimedia loyihasini boşladi. Loyiha «Eko-qoçqinlar uçun pleylist» deb ataladi.

Xöş, bu toifaga kimlar kiradi? Qanday sabablar tufayli odamlar özlarining kiçik vatani — uylarini tark etişga majbur bölmoqda?! Öz-özidan ma’lumki, ular taşlab ketayotgan hududlarda içimlik suvi, oziq-ovqat, yaylov va ekin maydonlari qisqarişi şunday yöl tutişga majbur qilmoqda. Loyiha öz oldiga ana şunday eko-qoçqinlar oqimining yönalişlarini kuzatib boriş va yangilarini topişni maqsad qilib qöygan.

Birinçi yönalişning uzunligi 125 kilometrni taşkil etadi. Bu — Möynoqdan Nukusgaça bölgan yöl. Loyihada mavzu qahramonlarining keçinmalari — global iqlim özgarişi davrida yaşaşga majbur bölgan oddiy odamlar hikoyalari sözlab beriladi.

* * *

Özbekistonda zamonaviy ekologik migratsiyani örganişni Nukus şahrining şarqiy çekkasidagi Qöşköldan (qoraqalpoqçada Qösköl) boşlaş kerak. Balkim kuni kelib, bu maskan dunyoning barça ensiklopediyalarida «Ilk eko-qoçoqlik davri» tarixiy yodgorligi sifatida qayd etilar...

Qöşköl mahallasining xaritadagi örni

Xaritaga nazar taşlasangiz, posyolkaga nom bergan şu nomdagi kölning janubida birorta ham töğri köça yöqligini körasiz. Bu ilgari Orol dengizi sohillarida yaşab, janubga bu yerdan qoçib kelgan odamlar tomonidan boşlangan stixiyali xaotik quriliş oqibatidir.

Qöşköl mahallasidagi xaotik qurilişlarning koinotdan tasviri.

Qahramonimiz — sobiq Baliq nazorati inspektori Joldasbay Absametov bundan qirq yil ilgari işsiz qoladi. Dengiz yöq — demakki, baliq ham yöq. Baliqçi bölmasa — baliq ovlaş nazorati ham yöq. U oilasi bilan sobiq port şahri Möynoqni tark etib, 1984 yilda Qoraqalpoğiston poytaxti çekkasidagi böş joydan qönim topadi.

Joldasbay Absametov