Ijtimoiy tarmoqlarda bola öğirlanişi haqidagi xabar paydo bölmoqda. Bunday xabarlarga odamlar odatda tez işonadi, guruhlarda tarqatib, sarosimalarga sabab bölişmoqda. Xöş, bola öğrilari çiqqani rostmi? Kun.uz mavzu böyiça IIV Tezkor-qidiruv departamenti xodimi, kapitan Şokirjon Hoşimov bilan suhbatlaşdi.
— Xalqimizda şamol bölmasa, daraxtning uçi qimirlamaydi, degan maqol bor. Hozirgi kunda bola öğrilari haqidagi xabarlar tarqalişiga asosiy sabab nima? Bu xabarlar qançalik rost?
— Sönggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda, ayniqsa Telegram-kanallarda bola öğrilari haqida, biror videoga bola öğrilari uşlangani haqida izohlar yozib tarqatilyapti. Asosan ayollar tomonidan boğça opalarga yoki boşqalar murojaat sifatida «bola öğrilari paydo bölibdi, ehtiyot bölinglar», qabilida yozilgan xabarlar tarqalyapti. Ijtimoiy tarmoqlarda çiqqan audio, videoxabarlar IIO xodimlari tomonidan doimiy nazorat qilib boriladi. Sönggi yillarda 20 ga yaqin şunday audio/video xabarlar tarqagan va birortasi öz tasdiğini topmagan. Fuqarolar tomonidan mahallalariga kirgan begona şaxslardan gumonsirab video tarqatgan holatlar köp uçraydi, lekin bola öğirlaşga aloqasi yöq bu holatlarning.
Turli audioxabarlar tarqatayotganlar şunçaki ogohlikka çaqirayotgan böladi yoki şubhalariga oydinlik kiritmasdan tarqatgan böladi.
— Sönggi xabarlarga e’tiborimizni qaratsak. Masalan, Farğona viloyatining Qöqon şahrida, Surxondaryoning Qumqörğon tumanidagi holatlarda nima bölgan aslida?
— Farğonadagi holatda katta yoşli şaxs yoş bolani maşinasiga çiqarib olgani tasviri tarqagan. Körgan odamda öğirlab ketyapti, degan tuşunça böladi. Uşbu holatda maşinasiga toş otgan qöşnisining bolasiga dakki beriş maqsadida maşina yukxonasiga olib çiqadi, şunda bolaning onasi çiqib örtada tortişuv kelib çiqadi. Maşina egasiga ma’muriy jazo qöllangan.
Qumqörğondagi holatda esa öşa hududda savdo qilib yurgan moldovaliklar bilan mahalliy aholi örtasida kelişmovçilik kelib çiqqan va bu tasvirga olinib, bola öğrisi uşlandi, deb xabar tarqatilgan. Ikki holat ham örganilib, izohlar notöğri ekani tasdiqlangan.
— Bola öğrilari yöq bölsa, nega tez-tez bola öğrilari bilan boğliq xabarlarga duç kelyapmiz?
1 Foto: Kun.uz













