25 oktyabr kuni mustaqil Özbekistonning Içki işlar vazirligi taşkil etilganiga 34 yil töldi. Ötgan vaqt davomida tizimga 6 nafar general rahbarlik qildi. Birinçi va eng uzoq işlagan içki işlar vaziri – Zokirjon Almatov. U tizimni 14 yildan köproq boşqargan. Vazirlardan yana biri bu lavozimda 8 oy işlagani bilan, boşqa biri esa jiddiy siyosiy ayblovga uçragani bilan ajralib turadi.
Bundan 34 yil avval, Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 25 oktyabrdagi 270-sonli qarori bilan, mustaqil Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligiga asos solingan edi. Töğri, mustaqillikdan oldin ham Içki işlar vazirligi bölgan. Lekin 1991 yilda qayta taşkil etilgani tufayli vazirlik öz “tuğilgan kuni”ni 25 oktyabr deb biladi.
Kun.uz uşbu sana munosabati bilan tizimga hozirgaça kimlar rahbarlik qilganini yodga oldi.
Zokirjon Almatov (1991 yil 16 sentabr – 2006 yil 5 yanvar)
Mustaqil Özbekistonning birinçi va eng uzoq işlagan içki işlar vaziri bu – Zokirjon Almatov. U 1949 yilda Toşkent viloyati Zangiota tumanida tuğilgan. Vazir etib tayinlangunga qadar, 20 yil davomida içki işlar tizimida faoliyat olib borgan. Xususan, Almatov 1988-1990 yillarda Parkent tumani IIB, 1990-1991 yillarda Toşkent viloyati IIB boşliği bölib işlagan. 1991 yil 15 sentabrda birinçi prezident Islom Karimov tomonidan içki işlar vaziri etib tayinlanadi. Öşa paytda u 42 yoşda edi.
Zokirjon Almatov vazirlikka kelişi haqida xalq orasida qiziq bir gap yuradi. Bu miş-mişlarga köra, Karimovda 2 nafar nomzod bor edi va ulardan narigisi tasdiqlanadi. Lekin tasdiqlangan vazir öşa kuni uyida katta bazm beradi va lavozimni “yuvadi”. Bu prezidentning quloğiga yetib boradi va tayinlovga oid farmonni yangilab, Almatovni vazir qilib qöyadi.
Zokirjon Almatov militsiyani töliq vertikal boşqaruv ostiga olgan, qat’iy buyruqlar tizimini yaratgan rahbar sifatida xotirlanadi. Hamkasblari uni qattiqqöl va öz prinsiplariga ega şaxs deb ta’riflaydi. U vazirlik davrida jiddiy sinovlardan ötgan. Xususan, 1990-yillarning örtalariga kelib, qöşni davlatlar: Tojikistonda fuqarolar uruşi, Afğonistonda “Tolibon” harakati, Qirğizistonda siyosiy beqarorlik kuçayadi. Özbekistonning özida ham uyuşgan jinoyatçilik va terrorizm xavfi ortib, hududlarda tinimsiz portlaşlar kuzatiladi. Şunday vaziyatda Almatov boşçiligidagi IIV içki barqarorlikni ta’minlab tura olgan. U Karimov davridagi kuçişlatar tizimning asosiy poydevorini qöygan şaxslardan biriga aylanadi.
Mavzuga oid
Almatovning işdan olinişi 2005 yilning may oyidagi qonli Andijon voqealariga boğlanadi. Rasmiy xabarda uning 2006 yil yanvarda soğligi bilan boğliq muammolar tufayli nafaqaga kuzatilgani keltirilgan.
“Meni köp tanqid qilib gapirişadi, Andijon voqealari sababçisi deb. Men buni oçiq-oydin gapiraman: ha, men öşa yerda ştab boşliği bölganman, qarorni men qabul qilganman. Lekin kim Andijonga qurol kötarib keldi? Kim çegaradan qurol bilan ötdi? Xöp, uning içida Andijon xalqidan ham vakillar bölgan. Kim IIVga qaraşli post-patrul xizmati idorasini öqqa tutib, u yerni egalladi, qurol-yaroğga ega çiqdi? Kim harbiy qismga hujum qilib, u yerdagi qurol-yaroğni oldi? Kim tergov hibsxonasiga hujum qilib, 500 dan ortiq aşaddiy jinoyatçilarni çiqarib yubordi? Kim hokimlik binosini egallab, unga öt qöydi? Kim 100 ga yaqin sud-huquq tizimidagi xodimlarni qölga olib, tutqunda uşlab turdi, köpini qatl etişdi? Maqsad nima edi? Xöş, hukumat nima qiladi, qarab turişi kerakmi?” – degandi u Kun.uz'ga bergan intervyusida.
2018 yilga kelib Almatov 13 yillik tanaffusdan keyin içki işlar tizimiga yana qaytarildi va ayni paytda ham vazir maslahatçisi sifatida faoliyat olib boryapti.
Bahodir Matlubov (2006 yil 6 yanvar – 2013 yil 13 dekabr)
1952 yilda Samarqand şahrida tuğilgan Bahodir Matlubov 2006 yilning boşidan 2013 yil oxirigaça, qariyb 8 yil içki işlar tizimini boşqardi.
U mehnat faoliyatini Samarqand viloyati IIBning jinoyat-qidiruv bölimida boşlagan. Vazirlikka kelgunga qadar 2004-2006 yillarda Davlat bojxona qömitasi raisi lavozimida faoliyat yuritgan.
Matlubov ham vazirlikka oson davrda kelmadi. Andijon voqealaridan söng Özbekiston xalqaro maydonda keskin tanqid ostida qolgan, mamlakat içkarisida esa tizimga nisbatan işonçsizlik paydo bölgandi. Şu jihatdan uning boşqaruvini kuzatuvçilar “temir intizom”dan nisbatan “yumşoqroq” davrga ötiş sifatida ham baholaşadi.
Bahodir Matlubov 2013 yilning 6 dekabr kuni “pensiyaga çiqayotgani” sababi bilan vazirlikdan ketadi. U ham xuddi Almatov singari hozirgi ma’muriyat davrida yana tizimga qaytgan. Xususan, 2016-2021 yillarda Içki işlar akademiyasi rahbari sifatida işladi.
Adham Ahmadboyev (2013 yil 13 dekabr – 2017 yil 4 yanvar)
Özbekistonning uçinçi içki işlar vaziri Adham Ahmadboyev 1964 yilda Toşkent şahrida tuğilgan. Içki işlar idoralaridagi faoliyatini 1984 yilda Toşkent şahar Şayxontohur tumani militsiyasida uçastka noziri lavozimidan boşlagan.
Vazirlikka 2013 yilning dekabridan 2017 yilning yanvarigaça rahbarlik qilgan. Keyin prezidentning huquq-tartibot organlari böyiça maslahatçisi lavozimiga ötkaziladi. Ammo Şavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunçilik palatasi a’zolariga murojaatnomasi vaqtida, Ahmadboyevni xiyonatda ayblagandi.
“Ahmadboyevning hamma generallari qayerda yurganini bilamizmi? Uni xiyonat qilgani uçun olib taşladim”, degandi prezident.
Abdusalom Azizov (2017 yil 4 yanvar – 2017 yil 4 sentabr)
2017 yilning yanvar oyida vazirlikka kelgan Abdusalom Azizov eng kam muddat – 8 oy içki işlar tizimiga rahbarlik qildi.
1960 yilda Toşkentda tuğilgan Azizov bunga qadar ham turli lavozimlarda işlagan. Jumladan, 2005–2006 yillarda Toşkent şahar IIBB boşliği, 2006 yilda “Özbekneftgaz” kompaniyasi raisi, 2006–2008 yillarda “Özneftmahsulot” raisi, 2008–2009 yillarda içki işlar vazirining birinçi örinbosari, 2009–2017 yillarda Jizzax viloyati IIB boşliği bölgan.
Azizov 2017 yilning sentabr oyida Içki işlar vazirligidan Mudofaa vazirligi rahbarligiga ötkazildi. Keyinçalik 2019 yildan 2024 yilgaça DXX raisi sifatida işladi. Ayni paytda u – prezident maslahatçisining yoşlar masalalari böyiça örinbosari.
Pölat Bobojonov (2017 yil 4 sentabr – 2025 yil 3 mart)
Xorazm viloyati Boğot tumanidan bölgan Pölat Bobojonov vazir lavozimiga 2017 yil 4 sentabrda tayinlangandi.
Bobojonov mehnat faoliyatini 1982 yilda Gurlan tumani prokurorining yordamçisi sifatida boşlagan va qariyb 30 yil prokuratura tizimida işlagan. Şundan keyin 2012–2017 yillarda Xorazm viloyati hokimi bölgan.
Bobojonov islohot e’lon qilgan Özbekistonning ikkinçi ma’muriyati davrida IIVga rahbarlik qildik. Lavozimiga endigina tayinlangan payti, bir qança özgarişlarni amalga oşirgandi. Masalan, dastlabki 11 oyda 200 nafar içki işlar xodimini jinoiy javobgarlikka torttirgan. Bu amaliyot fuqarolarning haqli e’tirozlariga sababçi bölayotgan, nopok, tamagirlik va “içki işlar organlari xodimi” degan nomga doğ tuşirişi mumkin bölgan kadrlarga qarşi kuraş sifatida baholangandi.
“Jasliq” qamoqxonasining yopilişi ham 2019 yilda, aynan Bobojonovning vazirlik faoliyati gurkiragan paytda röy beradi. Ammo 2020 yildan boşlab, u jamoatçilik uçun yopila boşladi.
Nisbatan oçiqlik davri bölgani uçunmi, Bobojonov kelganidan keyin IIVga, uning quyi taşkilotlariga tanqidlar ham köpaydi. Bu asosan inson huquqlari bilan boğliq edi: har yili bir neça marotaba içki işlar binolariga olib borilgan fuqarolarning ölimi kuzatildi. “15 sutkalik qamoq”lar dolzarb masalaligiça qoldi.
Bundan taşqari, sobiq vazir oçiqlik yillarida işlagan bölsa-da, biror marta OAV vakillari bilan oçiq matbuot anjumani ötkazib, bahsli savollarga javob bermagan.
2022 yillarda prezident Şavkat Mirziyoyev inson huquqlari masalasida Pölat Bobojonovga talab ham qöygan edi.
“Oxirgi paytlarda ayrim uşlab turiş joylarida inson huquqlari buzilişi böyiça oğriqli masalalar kötarilmoqda”,degandi davlat rahbari boş prokuror va içki işlar vaziriga yuzlanib. Mirziyoyev ulardan qonun va inson huquqlari oliy qadriyat ekanini öz tizimidagi har bitta xodimga yetkazişni talab qilgandi.
Aziz Toşpölatov (2025 yil 3 martdan buyon)
Özbekistonning oltinçi va amaldagi içki işlar vaziri – Aziz Toşpölatov. U tayinlovga qadar Toşkent şahri IIBB boşliği edi.
Toşpölatov bilan işlagan Kun.uz manbalariga köra, general oddiy va jaydari odam. “Kim yaxşi işlasa öşa bilan yaqin böladi. Eng yaxşi tomoni – guruhbozlik qilmaydi. Nisbatan oçiq odam va örinli tanqidlarni kötaradi, tanqid qilinayotgan xizmatni töğrilaşga harakat qiladi”, deydi u bilan işlagan xodimlardan biri.
Albatta, hammasini vaqt körsatadi. Jamoatçilik oltinçi vazirdan ham oçiqlik, tizimda tub islohotlar, xususan xodimlar tomonidan fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlariga daxl qilinmasligi uçun şaxsiy javobgarlikni kutib qoladi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi