Portugaliya Ukraina bilan xavfsizlik shartnomasini imzoladi
Xavfsizlik kelishuvi doirasida Kiyev Rossiya hujumidan himoyalanish uchun bu yil Lissabondan 126 million yevro oladi.

Foto: Ukraina prezidenti ofisi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va Portugaliya bosh vaziri Luish Montenegru 28 may, seshanba kuni Lissabonda ikki tomonlama xavfsizlik bitimini imzoladilar.
Hujjat 10 yil davomida amal qiladi. Montenegru Zelenskiy bilan qo‘shma matbuot anjumanida ta’kidlaganidek, kelishuv doirasida uning mamlakati bu yil Kiyevga Rossiya hujumidan himoyalanish uchun 126 million yevro ajratadi va «kerak bo‘lguncha» Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.
Shu hafta boshida Volodimir Zelenskiy Yevropa Ittifoqi va NATOning yana ikki a’zosi bilan xuddi shunday xavfsizlik kelishuvlarini imzoladi: 27 mayda Ispaniya va 28 mayda Belgiya bilan.
Ukraina bilan xavfsizlik bo‘yicha ikki tomonlama bitimlar tuzish G7 mamlakatlari tashabbusi bilan amalga oshirilmoqda, deya eslatadi dpa agentligi. 2023 yilda Litvaning Vilnyus shahrida bo‘lib o‘tgan NATO sammiti fonida «Katta yettilik» alohida davlatlar Ukraina xavfsizligining uzoq muddatli kafolatini ta’minlash uchun u bilan ikki tomonlama shartnomalar tuzishga kelishib oldi. Joriy yil boshida Britaniya, Fransiya va Germaniya birinchilardan bo‘lib tegishli kelishuvlarni imzoladi.
Ukraina va boshqa davlatlar o‘rtasida ikki tomonlama xavfsizlik shartnomalari
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Ispaniya, Belgiya va Portugaliya bilan imzolangan kelishuvlarni «juda muhim» deb atadi, biroq «gap pulda emasligini» ta’kidladi. «Bu 10 yillik kelishuvlar urush yana 10 yil davom etishini anglatmaydi, bular Ukrainani modernizatsiya qilish va qayta qurish, shuningdek, gumanitar yordamni o‘z ichiga olgan strategik kelishuvlardir», - deya ta’kidladi u.
Zelenskiyning qo‘shimcha qilishicha, Ukrainaga bugungi kunda zarur bo‘lgan asosiy narsa havo hujumidan mudofaa, ya’ni dronlar, raketalar va axborot tizimlarida yordamdir. Ukrainaga bu «sahrodagi suv kabi» kerak, dedi prezident.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bojxona sohasida sun’iy intellekt texnologiyalari joriy etiladi
O‘zbekiston | 12:07
-
“Tadbirkorlar olmagan daromadi uchun soliq to‘lashiga to‘g‘ri kelyapti” - Murod Muhammadjonov
Iqtisodiyot | 11:59
-
Bojxona ma’muriyatchiligida o‘zgarishlar amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 11:47
-
Microsoft Windows’dagi ko‘k rangli “o‘lim ekrani”dan voz kechadi
Fan-texnika | 11:45
Mavzuga oid

09:38
YeI diplomatlari Rossiyani Ukrainada hech qanday sharsiz o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi

08:51
«U Putindan cho‘chimadi» - Kreml Zelenskiyni chetlatish orqali Ukrainani bo‘ysundirishga intilyapti

01:11
Yevropaning oltita davlati «Rossiyaga bosim o‘tkazishni» davom ettirishga tayyorligini ma’lum qildi

15:05 / 31.03.2025