Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada 15 yoshdan kichik bolalarga ijtimoiy tarmoqlarga kirish taqiqlandi
Xabar qilinishicha, hukumat bolalar uchun nomaqbul kontentni bloklash tizimi bilan ta’minlangan maxsus sim-kartalar joriy etishga ham qaror qilgan. Shuningdek, VPN-servislarni bloklash hamda 18 yoshdan kichik bolalarga internetdan foydalanishni cheklash imkoniyatlari ko‘rib chiqilmoqda.
Turkiya parlamenti 15 yoshdan kichik bolalarga ijtimoiy tarmoqlarga kirishni taqiqlovchi qonunni qabul qildi, deb xabar berdi Reuters.
Qonunga ko‘ra, platformalar foydalanuvchilarning yoshini tekshirish bo‘yicha choralar ko‘rishi shart.
O‘yin platformalari ham ushbu talabga rioya qilishi kerak bo‘ladi – ular o‘yinlarni yosh toifalariga qarab ajratishlari lozim.
Bundan tashqari, foydalanuvchilari soni ko‘p bo‘lgan platformalar Turkiyada o‘z vakiliga ega bo‘lishi talab qilinadi.
Avvalroq Yeni Şafak gazetasi Turkiyada bolalar va o‘smirlar ishtirokidagi qurolli voqealardan so‘ng hukumat bolalar uchun maxsus sim-kartalar joriy etishga qaror qilgani haqida yozgandi. Ushbu sim-kartalar nomaqbul kontentni bloklash tizimi bilan ta’minlanadi.
Shuningdek, hukumat VPN-servislarni bloklash hamda 18 yoshdan kichik bolalarga internetdan foydalanishni cheklash imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.
Mavzuga oid
10:52 / 15.07.2026
Turkiyadagi davlat to‘ntarishiga urinishga 10 yil: mamlakatni o‘zgartirgan tun
20:25 / 14.07.2026
Turkiyada Netanyahuni hibsga olish uchun xalqaro order berildi
11:46 / 10.07.2026
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
18:32 / 09.07.2026