Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda maktab direktori o‘rinbosari o‘qituvchilar nomidan kredit olgani ma’lum bo‘ldi
«Vazifasiga nisbatan sovuqqonlik bilan yondashgan» direktor o‘rinbosari lavozimidan ozod qilingan.
Namangan tumanidagi 27-son maktabning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Z.A. o‘qituvchi va xodimlar nomidan kredit olgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, ijtimoiy tarmoqlarda direktor o‘rinbosarining faoliyati o‘rganib chiqilishi kerakligi, u o‘qituvchi va xodimlar nomidan kredit olib, to‘lamay yurgani, oqibatda o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘z hisobidan kredit to‘lovini qaytarib kelayotgani haqida xabar tarqalgan.
Namangan tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi ishchi guruhi tomonidan olib borilgan o‘rganishda bu holat o‘z tasdig‘ini topgan. «Vazifasiga nisbatan sovuqqonlik bilan yondashgan» direktor o‘rinbosari lavozimidan ozod qilingan.
Uning qilmishidan qancha o‘qituvchi va xodim jabrlangani haqida xabar berilmagan.
Mavzuga oid
09:35 / 04.07.2026
Namanganda narkolaboratoriya fosh etildi
21:10 / 30.06.2026
Al Kaponedan Gulnora Karimovagacha: “Kir pullar” qanday yuviladi?
11:00 / 27.06.2026
Tibbiyot muassasalariga ishga kiritish bilan bog‘liq firibgarliklar aniqlandi
20:20 / 23.06.2026