Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident Buxoro salohiyatini to‘liq ishga solish bo‘yicha hozirgi faoliyat juda sustligini ko‘rsatib o‘tdi
Buxoroning 4,2 million gektar yeri bo‘lsa, 6 foiziga ekin ekiladi. Yana 3,2 million gektar yer – ishlatilmasdan turgan katta imkoniyat.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.
Davlat rahbari Buxoroda ham so‘nggi yillarda katta o‘zgarishlar bo‘lganini qayd etdi.
Jumladan, viloyat iqtisodiyoti 1,5 barobar o‘sib, 53 trillion so‘mdan oshdi. Sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatishda 115 trillion so‘m investitsiya jalb qilindi, 4,6 mingta korxona ishga tushib, 90 mingta ish o‘rni yaratildi.
Eksport 215 million dollarga yetdi, Qorako‘l, Jondor, Shofirkon va Kogon tumanlarining har birida sanoat hajmi yiliga 1 trillion so‘mdan oshdi.
Shu bilan birga, viloyat salohiyatini to‘liq ishga solish bo‘yicha viloyat rahbariyati, 13 ta tuman va shahar hokimlarining hozirgi faoliyati juda sustligi ko‘rsatib o‘tildi.
Buxoroning 4,2 million gektar yeri bo‘lsa, 6 foiziga ekin ekiladi. Yana 3,2 million gektar yer – ishlatilmasdan turgan katta imkoniyat.
Viloyatdagi 60 ming tonna ip-kalavaning 57 foizi matoga aylanmoqda, qolgani xomashyo shaklida arzon sotilmoqda, matoning 24 foizi tayyor mahsulotga aylanyapti.
Yoki, viloyatda 1 million 200 ming tonna meva-sabzavot yetishtirilsa-da, eksporti 15 million dollardan kam.
Mavzuga oid
20:10 / 18.04.2026
Buxoroda mast haydovchi YTH sodir etdi
22:15 / 11.04.2026
O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari Buxoroning tarixiy merosi bilan tanishdilar
19:57 / 11.04.2026
Mirziyoyev va To‘qayev Buxorodagi to‘qimachilik korxonasi faoliyati bilan tanishdi
19:24 / 11.04.2026