Hindiston poytaxti Dehlida ikki kun içida ikki marta jazirama rekordi yangilandi. 28 may kuni Dehlidagi asosiy meteorologik tayanç kuzatuv stansiyasida havo harorati maksimumi +49.9°S darajaga yetib, 2022 yildagi rekordni yangilagandi. Öşanda havo harorati +49.2°S ga yetgandi. 29 may kuni esa jazirama rekordi yana yangilandi. Harorat +52.3°S ni körsatdi.

Mamlakatning markaziy va şimoliy hududlarida oxirgi 24 soat içida harorat oşişi fonida bir qança odam issiqqa boğliq kasalliklar bilan vafot etdi. Rourkela hududidagi şifoxonaning özida 10 ta ölim holati qayd etilgan.

Foto: Getty Images

Ölimlar, asosan, Bihar, Rajastxan, Jxarxand va poytaxt Dehlida kuzatilgan. Haroratning yuqorilab ketişi va bu sabab ölimlarning sodir bölişi mamlakatda ötkazilgan saylov natijalari çiqişi kerak bölgan 4 iyun arafasida sodir bölyapti. 

Suv oliş uçun yiğilgan odamlar
Foto: Getty Images

Bihar ştati Bxojpur tumani sudyasi Mahendra Kumarning Times of India gazetasiga ma’lum qilişiça, payşanba kuni şaharda issiqlik urişi tufayli uç nafar saylovçi va bir politsiyaçi halok bölgan.

"Payşanba eng issiq kun edi, barça markazlarda tibbiy xizmat bölişiga qaramay ular vafot etdi. Bir politsiyaçi turgan joyida huşidan ketib qoldi, şifokorlar unga yordam körsatişlariga qaramay kasalxonada öldi", degan Kumar.

Uning qöşimça qilişiça, payşanbaning özida politsiyaçi vafot etgan kasalxonaga 30-40 kişi issiqlik bilan boğliq kasalliklar bilan yotqizilgan. Kasalxonalar issiq urgan bemorlarni rekord darajada köp qabul qilmoqda. Dehlida ham issiq urgan işçi kasalxonada vafot etdi.

Hindiston kasalliklarni nazorat qiliş milliy markazi issiq urişini hayotga xavf soluvçi holat deb atagan. Bu sabab ölim kuzatiliş darajasi 40-64 foizni taşkil qiladi.

Ahmadobodda issiq sabab mato bilan öralgan avtoulov. 
Foto: Reuters