Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Istanbulda 4 qavatli turar joy binosi qulab tushdi
Oqibatda 1 kishi halok bo‘lib, 8 kishi jarohatlandi. Aniqlanishicha, 1988 yilda qurilgan bino arxitektura-muhandislik standartlarini buzgan holda barpo etilgan, boz ustiga keyinroq bino ustida bir qavat qo‘shimcha noqonuniy qurilish qilingan.

Foto: Hurriyet
Istanbulning g‘arbiy qismida 4 qavatli turar joy binosi qulab tushdi. Hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘lib, 8 kishi jarohatlangan.
Kuchukchekmejye tumanida joylashgan bino yakshanba kuni mahalliy vaqt bilan ertalab soat 8:45 da qulagan. Hodisa sabablari aniq emas, portlash yoki seysmik faollik belgilari kuzatilmagan.
Voqea joyiga kelgan shahar meri Dovud Gul vayronalar ostidan 7 kishi chiqarib olinganini aytdi. Keyinroq meriya yana bir kishi qutqarilgani, 1 kishining jasadi topilganini ma’lum qildi.
Bino bundan 36 yil avval qurilgan bo‘lib, uning yuqori ikki qavatida odamlar yashagan, pastki ikki qavatida esa tadbirkorlar faoliyat yuritgan.
Atrof-muhit, urbanizatsiya va iqlim o‘zgarishi vaziri Mehmet O‘zhasekining so‘zlariga ko‘ra, bino qurib bitkazilgach, uning ustiga bir qavat qo‘shimcha noqonuniy qurilish qilingan. Birlamchi tekshiruvlarda bino arxitektura-muhandislik standartlarini buzgan holda qurilgani, qurilishda dengiz qumi ishlatilgani aniqlangan.
Voqea Istanbuldagi uy-joylarning zilzilaga bardoshliligi bo‘yicha xavotirlarni kuchaytirdi. O‘tgan yili fevralda Turkiya va Suriya hududlarida ro‘y bergan 7,8 magnitudali zilzila va ko‘plab aftershoklar oqibatida Turkiyada 53 mingdan ortiq, Suriyada 6-8 ming atrofida qurbonlarga olib kelgandi.
Bu halokatli zilziladan keyin Istanbulda “istalgan daqiqada” qulab tushishi mumkin bo‘lgan uylarni buzish boshlangan edi. Shahar meriyasiga ko‘ra, gap 10 ming kishi istiqomat qilayotgan 318 ta bino haqida ketyapti. Yana 1,5 mingta turar joy yuqori xavf guruhiga kiritilgan.
16 milliondan ortiq aholi yashaydigan Istanbul shahri Shimoliy Anadolu tektonik plita yorig‘i yaqinida joylashgan. 1999 yildagi zilzilada Istanbulda 18 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
-
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40 / 26.07.2025
-
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi
Jahon | 22:38 / 26.07.2025
Mavzuga oid

18:40 / 26.07.2025
Rossiya va Ukraina Putin va Zelenskiy uchrashuvi haqida kelishib oldi – Turkiya TIV

15:09 / 25.07.2025
Anqaradan Toshkentga malakali o‘qituvchilar jalb etiladi

08:20 / 25.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari Turkiyaning Mersin viloyatida ishga joylashtiriladi

18:52 / 23.07.2025