Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston turizmni faol rivojlantirayotgan mamlakatlar reytingida birinchi o‘rinni egalladi
Saudiya Arabistonining An-Nahar News va Iordaniyaning Ammon News gazetalari saytlarida "O‘zbekiston turizmni faol rivojlantirayotgan mamlakatlar reytingida birinchi o‘rinni egalladi" sarlavhali maqola e’lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".
"O‘zbekiston so‘nggi yillarda jahon turizm bozorini eng faol rivojlantirayotgan mamlakatlardan biri bo‘ldi, – deyiladi maqolada. – Bu haqda Jahon iqtisodiy forumi tomonidan tayyorlangan xalqaro turizm va sayyohlik bozorining holati to‘g‘risidagi hisobotda qayd etildi".
O‘zbekistondan tashqari turizmni faol rivojlantirayotgan mamlakatlar ro‘yxatiga Kot-d’Ivuar, Albaniya, Saudiya Arabistoni, Tanzaniya, Indoneziya, Birlashgan Arab Amirliklari, Misr, Nigeriya va Salvador kirdi. Turizm bozoriga, shuningdek, AQSh, Ispaniya, Yaponiya, Fransiya, Avstraliya, Germaniya, Britaniya, Xitoy, Italiya va Shveytsariya eng katta hissa qo‘shgan.
Ta’kidlanishicha, forum tomonidan e’lon qilingan turizmni rivojlantirish indeksiga ko‘ra, O‘zbekiston 16 pog‘onaga ko‘tarilgan.
"Jahon iqtisodiy forumi mutaxassislari 2024 yilda xalqaro turizm bozori pandemiyadan oldingi darajaga yetishini taxmin qilmoqda", – deb yozgan Yaqin Sharq mintaqasining yetakchi nashrlari.
Mavzuga oid
12:02 / 18.06.2026
“Shovqin va changdan zada bo‘ldik” – portlatish ishlari turizm qishlog‘iga tinchlik bermayapti
09:00 / 13.06.2026
25 yilda dunyoning eng boy davlatlari reytingi qanday o‘zgardi?
11:00 / 12.06.2026
O‘zbekistonda har yili “Ochiq turizm mavsumi” dasturi o‘tkaziladi
18:31 / 09.06.2026