Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda har yili “Ochiq turizm mavsumi” dasturi o‘tkaziladi
O‘zbekistonda turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash va xorijiy sayyohlar oqimini oshirish maqsadida har yili iyun–avgust oylarida “Ochiq turizm mavsumi” dasturi amalga oshiriladi. Dastur doirasida aviakompaniyalar, turoperatorlar va mehmonxona biznesi uchun qator imtiyozlar hamda subsidiyalar joriy etiladi.
Tegishli qarorga ko‘ra, 2026 yil 1 iyundan boshlab har yili yoz oylarida “Ochiq turizm mavsumi” e’lon qilinib, turizm sohasini rag‘batlantirishga qaratilgan qo‘shimcha mexanizmlar ishga tushiriladi.
Jumladan, xorijiy davlatlardan O‘zbekistonga yangi aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ygan mahalliy va xorijiy aviakompaniyalarga xarajatlarning bir qismi davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi. Shuningdek, har bir jalb qilingan xorijiy turist uchun 100 AQSh dollari miqdorida subsidiya ajratiladi.
Dastur doirasida O‘zbekiston rezidenti bo‘lgan turoperatorlarga ham qo‘shimcha rag‘batlar belgilangan. Xususan, salohiyatli xorijiy davlatlardan jalb qilingan har 1 000 nafar sayyoh uchun turoperatorlarga 5 ming AQSh dollari miqdorida subsidiya to‘lanadi.
Bundan tashqari, turoperatorlik va mehmonxona xizmatlari bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ining (QQS) 50 foizi keshbek shaklida qaytariladi.
Qarorga muvofiq, O‘zbekistonning turistik salohiyatini xalqaro miqyosda targ‘ib qilish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda 5 milliondan ortiq kuzatuvchiga ega bo‘lgan 50 nafar xorijiy bloger uchun mamlakat bo‘ylab 7 kunlik bepul turistik dasturlar tashkil etiladi.
Shuningdek, dunyoning yirik onlayn sayyohlik platformalarida O‘zbekistonni turistik yo‘nalish sifatida targ‘ib qilish bilan bog‘liq xarajatlar ham qoplab beriladi.
Mutasaddilarning ta’kidlashicha, mazkur chora-tadbirlar mamlakatning xalqaro turizm bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish, yangi aviaqatnovlar sonini ko‘paytirish va xorijiy sayyohlar oqimini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
22:50 / 03.06.2026
80 ming aholiga mo‘ljallangan dunyodagi birinchi suzuvchi shahar loyihasi qayta tiklandi
20:26 / 29.05.2026
Xitoyning Spring Airlines aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yishi mumkin
21:07 / 28.05.2026