Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zMI Fatvo markazi kriptovalutalar nojoizligi haqidagi bayonotiga raddiya berdi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazining ma’lum qilishicha, markazning kriptovalutalar shar’an joiz emasligi haqidagi xabari texnik sabablarga ko‘ra, ehtiyotsizlik oqibatida e’lon qilingan. Markaz buning uchun uzr so‘ragan holda, bu boradagi ilmiy tadqiqotlar hali yakuniga yetmagani, o‘rganish ishlari davom etayotganini ma’lum qildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi fatvo markazi Islom dinida bitkoin, notkoin va boshqa shu kabi kriptovalutalarda savdo-sotiq qilishga munosabat qandayligi haqidagi savolga javob tariqasida e’lon qilgan xabariga tuzatish kiritdi.
Avvalroq, Fatvo markazi kriptovalutalarni o‘zaro ayirboshlash va ular bilan savdo-sotiq qilish shar’an joiz emasligini, chunki kriptovalutalar shariat tomonidan pulga qo‘yilgan talablarga mos emasligini ma’lum qilgan edi.
Bu xabarga nisbatan e’lon qilingan tuzatishda fatvo loyihasi atrofidagi ilmiy-tadqiqot ishlari hali nihoyasiga yetmagani va zamonaviy masalalarni keng qamrovli o‘rganish ishlari olib borilayotgani ta’kidlanadi.
Qayd etilishicha, Fatvo markazi direktori Nuriddin Xoliqnazarov va uning o‘rinbosarlari Haj safarida bo‘lib turibdi, xabar esa texnik sabablarga ko‘ra, ehtiyotsizlik oqibatida ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan.
Fatvo markazi uzr so‘ragan holda, ushbu fatvo loyihasi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni nihoyasiga yetkazib, qayta havola etilishini ma’lum qilgan.
Mavzuga oid
22:40 / 08.04.2026
Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan o‘tish uchun kriptovalutada to‘lov talab qildi
16:33 / 29.12.2025
Eyforiyadan ommaviy sotuvlargacha. Bitcoin bilan nimalar bo‘lyapti?
22:49 / 24.11.2025
Nyu-York aholisiga sinov tariqasida 12 ming dollardan kriptovaluta tarqatiladi
22:42 / 11.11.2025