07:27 / 06.06.2024
25605

Bloger Murod Maxsudov 7,5 yilga qamaldi

Sud uni tuhmat, tovlamachilik va o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilishda aybdor deb topdi.

Foto: Facebook

4 iyun kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahri Yashnobod tuman sudi 42 yoshli bloger Murod Maxsudovni 7,5 yilga umumiy rejimdagi koloniyaga hukm qildi

Poytaxt sudlari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, u Jinoyat kodeksining 139-moddasi 3-qismining «a» va «g» bandlari (Og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda ayblab, g‘arazgo‘ylik yoki boshqa past niyatlarda qilingan tuhmat), 165-moddasi 2-qismining «b» bandi (Ko‘p miqdorda tovlamachilik) va 167-moddasi 2-qismining «b» va «g» bandlari (Takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan, mansab mavqeyini suiiste’mol qilish yo‘li bilan sodir etilgan o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bo‘yicha aybdor deb topildi.

Shu bilan birga, sud Murod Maxsudovni Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1 va 2-qismlari (Ancha miqdorda, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan firibgarlik) bo‘yicha aybsiz deb topdi va reabilitatsiya qildi.

Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Mavzuga oid
Top