“Turkiyadagi özbeklar” Telegram-kanali muallifi Beknazar Rahmatov Turkiyaga kiritilmadi. Bu haqida u öz kanalida e’lon qilgan.

28 may kuni bloger Istanbul aeroportida maxsus xizmat xodimlari tomonidan olib ketilgani va Turkiyada qonuniy yaşab va işlab kelsa-da, Özbekistondan qaytiş çoğida deport qilinayotganini aytgan:

“Meni ham deport qilişmoqda. Şunça odamni ogohlantirib, özimning boşimga tuşdi.

Turkiyada 4 yildan buyon işlaş ruxsatnomasi bilan yaşayotgan bölişimga qaramay, 28 may kuni Istanbul aeroportida Toşkentdan Istanbulga kelgan vaqtimda, samolyotdan tuşib 30 metr ham yurganim ham yöq, "Beknazar Rakhmatov gim?" deb 4 nafar xavfsizlik xodimi meni 200 ta odamning orasidan alohida çaqirib oldi.

Men uçun alohida taraddud körişibdi, birga uçib kelgan yurtdoşlarimiz "sizni qayerdan tanişadi, nimaga sizni kutib olişdi?" degan savollar bilan holatimga qiziqib ham qolişdi. Hujjatlarim hammasi joyida bölişiga qaramay, heç qanday sababsiz ortga qaytarib yuborişmoqda” deb yozadi u.

Rahmatovning nima sababdan mamlakatga kiritilmagani va deport sababi ma’lum emas. U bilan xabarlaşgan ayni paytda Turkiyada istiqomat qiladigan yana bir özbekistonlik Fayzullaxon Otaxonov öz Facebook sahifasida uning aeroportda bir xonada uşlab turilganini ma’lum qilgan:

“Hozirda aeroportda bir xonada uşlab turilibdi. Qönğiroq qildim gaplaşdim, özi ham gapirib berdi. Polsiya qölidan pasportini olib rasmda körib turgan xonaga qöyişgan. Birozdan keyin, senga kod qöyilgan ekan Turkiyaga kirişing mumkin emas, deb deport muhrini bosişgan va tezda bugungi keçki reysga bilet ham olişgan. Beknazar bunçalik tez harakat qilib meni qaytarib yuborayotganlariga hayronman deyapti.

Beknazar juda yaxşi yigit, Turkiya va Özbekiston uçun köp yaxşi işlar qildi. Ikki xalqni birlaştiradigan, bir-biriga tanitadigan maqolalar yozdi, xabarlar yoritdi. “Turkiyadagi özbeklar” Beknazarni juda yaxşi tanişadi, kanalidagi foydali maqolalarni, berayotgan ma’lumotlarni öqib borişadi. Qiynalganlarga juda köp yordam qilganiga ham guvohman.

Xullas, Beknazarni nega deport qilişyapti bilmadim, lekin katta xato qilişyapti. Özi oxirgi paytlarda Turkiyaning biz özbeklarga qilayotgan muomalasi oldingidek emas. Oxirgi 2-3 oyda deport qilinayotgan vatandoşlarimiz ançagina köpaygan. Hujjatsiz yurayotganlar bölsa mayli, lekin Beknazarga öxşab hamma hujjati joyidalarni ham orqaga qaytarayotganiga guvoh bölyapmiz.