6 fevral kuni jinoyat işlari böyiça Şayxontohur tuman sudi qarori bilan taniqli bloger Abror Muxtor Aliy (Abror Abduazimov) ma’muriy iş doirasida qamoqqa olingan. Kun.uz manbasiga köra, u Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 194- va 195-moddalarida körsatilgan huquqbuzarlikni sodir etişda aybli deb topilgan.
Tafsilotlar
Iş hujjatlariga köra, Abror Abduazimov va Xusrav Nasrullayev 2024 yil 6 fevral kuni Toşkent şahar Şayxontohur tumani «Örda» MFY hududida joylaşgan Şayxontohur tuman hokimligida baqir-çaqir qilib janjal kötarişgan. Ular holatga aniqlik kiritiş maqsadida kelgan içki işlar xodimlarining qonuniy talablarini bajarmagan, ularga ommaviy ravişda böysunmasdan, ommani öziga jalb qilib, IIO xodimlariga nisbatan soxta uydirmalarni tarqatgan.
6 fevral kuni bölib ötgan sud majlisida huquqbuzar tariqasida söroq qilingan Abror Abduazimov qilmişidan puşaymonligini va bu kabi holat boşqa takrorlanmasligini bayon qilib, suddan yengillik berişni sörab körsatuvlar berdi.
Sud majlisida huquqbuzar tariqasida söroq qilingan Xusrav Nasrullayev ham puşaymonligini ma’lum qilib, suddan yengillik söradi.
Sud qaroriga köra, Abror Muxtor Aliy taxallusi bilan tanilgan bloger Abror Abduazimov 194-moddasining 1-qismi (Içki işlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) va 195-moddasida (Içki işlar organlari xodimlarining öz xizmat burçlarini bajarişlariga qarşilik körsatiş) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganda aybli deb topilib, 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi hamda bazaviy hisoblaş miqdorining 1 baravari, ya’ni 340 000 söm jarima jazosi tayinlandi.
Xusrav Nasrullayevga nisbatan ham 194-moddasining 1-qismi va 195-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etişda aybli deb topilib, 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi hamda bazaviy hisoblaş miqdorining 1 baravari, ya’ni 340 000 söm jarima jazosi tayinlandi.
Ular qamoqda saqlaş bilan boğliq xarajatlardan ozod qilingan.
Abror Abduazimovning qölga olinişi köça bezorilariga aloqadorligi bilan boğliq bölişi mumkin

Abror Abduazimovning qölga olinişi «köça bolalari»ga qarşi boşlangan «Dolzarb 40 kunlik» tadbiri bilan boğliq bölişi ham mumkin. Avvalroq u öz videolaridan birida jinoiy guruh rahbari «Saidaziz medgorodok» bilan yaqin ekani haqida aytgandi.














