Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda tuman gaz ta’minoti bo‘limi yetakchi muhandisi va mahalla gazchisi ushlandi
Ular mehmonxonada foydalanilgan tabiiy gaz uchun to‘lovda aniqlangan kamchiliklarni yopib yuborish evaziga tadbirkordan katta miqdorda pul olayotganda ushlangan.
Toshkent shahar “Chilonzortumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi mahalla gazchisi va yetakchi muhandisi ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, departamentning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan IIBB xodimlari bilan hamkorlikda tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda “Chilonzortumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi mahalla gazchisi B.Yu. va mahallada ishlash xizmati yetakchi muhandisi S.A. tadbirkor X.S.dan mehmonxonada foydalanilgan tabiiy gaz uchun to‘lovda aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirishib, qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlariga yubormaslik evaziga 25 mln so‘m olgan vaqtida ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
11:05 / 10.07.2026
Tabiiy gazga ulash uchun pora olgan mansabdorlar ushlandi
21:56 / 04.07.2026
Dorixona ochishga litsenziya berish uchun pul talab qilgan mansabdorga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
08:19 / 02.07.2026
Jizzax va Samarqandda advokatlar ushlandi
09:00 / 01.07.2026