15:50 / 06.06.2024
7515

Yamal, Nevesh, Garnacho – Golden Boy uchun asosiy da’vogarlar, Abduqodir Husanov ham reytingdan joy oldi

Golden Boy Index jahonning ayni damdagi eng yaxshi yosh o‘yinchilari top-100lik reytingiga o‘zbekistonlik futbolchini ham kiritdi.

Abduqodir Husanov

Yilning eng yaxshi yosh o‘yinchisiga topshiriladigan «Golden Boy» sovriniga da’vogarlarning harakatlarini baholab boradigan Golden Boy Index reytingi nomzod o‘yinchilarning 2023 yilning 3 oktyabridan joriy yilning 19 may sanasigacha bo‘lgan ishtirokini baholadi. Ro‘yxatga Yevropaning eng yaxshi 25ta chempionatida faoliyat yuritayotgan 2004 yildan keyin tug‘ilgan o‘yinchilar kiritiladi.

Unga ko‘ra, ushbu reytingni «Barselona» yarimhimoyachisi Lamin Yamal boshqarayotgan bo‘lsa, «Benfika» a’zosi Joau Nevesh va «MYu» yarimhimoyachisi Alexandro Garnacho uchlikdan joy olgan.

E’tiborlisi, Golden Boy Index reytingidan Abduqodir Husanov ham joy olgan. O‘zbekiston milliy va olimpiya jamoasi hamda «Lans» klubining 20 yoshli himoyachisi 87-o‘rinda qayd etilgan.

Top-10lik quyidagicha ko‘rinish olgan:

1. Lamin Yamal («Barselona»);

2. Joau Nevesh («Benfika»);

3. Alexandro Garnacho («Manchester Yunayted»);

4. Uorren Zair-Emeri («PSJ»);

5. Leni Yoro («Lill»);

6. Savio («Jirona»);

7. Kobbi Maynu («Manchester Yunayted»);

8. Pau Kubarsi («Barselona»);

9. Aleksandar Pavlovich («Bavariya»);

10. Riko Lyuis («Manchester Siti»).

..87. Abduqodir Husanov («Lans»).

Ma’lumot uchun, «Real» yarimhimoyachisi Arda Gyuler 19-o‘rinda, Gavi 20, Vitor Roke esa 50-o‘rindan joy olgan.

Qayd etish joiz, ushbu reyting Golden Boy topshiriladigan oktyabr oyiga qadar oyda bir marta yangilanib boriladi.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda Golden Boy sovrini Jud Bellinghemga nasib qilgan bo‘lsa, so‘nggi yillarda Gavi (2022), Pedri (2021) va Holand (2022) ham sovrinni qo‘lga kiritgan.

Top