Unga köra, «Lans» klubi hamda Özbekiston milliy jamoasining himoyaçisi Abduqodir Husanovning transfer narxi 500 ming yevroga oşib, hozirda 2,5 million yevroni taşkil etmoqda.

20 yoşli himoyaçi ötgan yil «Energetik-BGU»dan «Lans»ga ötayotganida 400 ming yevroga baholangan bölsa, ötgan 10 oy davomida Husanovning transfer bahosi 2,1 million yevroga oşgan.

Şu tariqa, Abduqodir 2,5 mln yevro narx bilan Özbekiston milliy jamoasining eng qimmatbaho öyinçilari röyxatida Abbosbek Fayzullayev (6 mln yevro) va Eldor Şomurodovdan keyin (5 mln) Oston Örunov (2,5 mln) bilan birga 3-4-örinni egallab turibdi.

E’tiborlisi, Transfermarkt portali mavsum yakunida «Lans» tarkibidan faqatgina Abduqodir Husanovning transfer bahosini oşirgan. Qolgan öyinçilarning iyun oyida transfer bahosi tuşirilgan yoki öz holatida qoldirilgan.

Qayd etiş joiz, 20 yoşli özbekistonlik himoyaçi yakunlangan mavsumda «Lans» safida Fransiya çempionatida 11ta öyin, Çempionlar ligasi va Yevropa ligasida 2tadan öyin ötkazgan bölsa, Qatardagi Osiyo kubogida 3ta bahsda maydonga tuşdi. Şuningdek, Özbekiston olimpiya jamoasi bilan Parij-2024 Olimpiadasiga yöllanma oldi.

«Lans» klubi 2022/23 yilgi mavsumda çempion «PSJ»dan bir oçko kam jamğarib 2-örinni egallagandi, yakunlangan mavsumni esa 7-örinda tugatdi. Natijadagi bu pasayiş Abduqodir Husanovdan boşqa lansliklar safidagi bir qator öyinçilarning transfer bahosi şönğişiga sabab bölgan.

Ma’lumot uçun, Ele Vai (35 mln yevro), Kevin Danso (25 mln), Fakunda Medina (25 mln) «Lans» safidagi eng qimmatbaho öyinçilar sanaladi.